Qirg‘izistonda terrorchilikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumon qilingan 21 yashar qirg‘izistonlikni qo‘lga oldi, deb xabar berdi dushanba, 17-sentyabr kuni 24.kg nashri. Uning qaysi terrorchilik tashkilotiga mansub ekani haqida ma’lumot berilmagan.

Gumondor shaxs Qirg‘izistonda qo‘lga olinguniga qadar, bir necha yil sobiq Sovet respublikalarining birida yashab kelgan. GKNBning xabar berishicha, u Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, gumondorga chet elda qurolli mojarolarda qatnashish yoki terrorchilik va ekstremistik tayyorgarlikdan o‘tish, shuningdek, diniy va millatlararo adovat qo‘zg‘ash moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha