Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-09-24

Jeenbekov BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka keldi

Karvonsaroy

NYU YORK – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining 73-sessiyasi doirasidagi umumiy muhokamalarda ishtirok etish uchun dushanba (24-sentabr) kuni Nyu-Yorkka yetib keldi.

BMT rasmiy saytiga ko‘ra, dunyo davlatlari rahbarlari ishtirokida o‘tadigan har yilgi umumiy muhokama seshanba-juma (25-29-sentabr) kunlariga belgilangan.

Sessiya davomida Jeenbekov murojaat bilan chiqisi hamda BMT Bosh kotibi Antonio Guterres va boshqa davlat rahbarlari bilan muzokara o‘tkazishi kutilmoqda.

Jeenbekov, shuningdek, BMTning Dag Hammarskjöld kutubxonasida qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov (1928-2008) tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rmazmani ochib berishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha