http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/10/26/newsbrief-02

Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻzaro aloqalar va umumiy viza masalasini muhokama qildi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻiston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirliklari vakillari juma, 26-oktabr kuni Ostonada ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni muhokama qildilar, deb xabar berdi AKIpress.

Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga koʻra, tomonlar, jumladan, Markaziy Osiyoga koʻproq sayyohlar jalb qilish maqsadida “Ipak yoʻli” umumiy vizasini joriy etish masalasi yuzasidan fikr almashgan.

Qozogʻiston parlamenti deputati Darigʻa Nazarboyeva iyun oyida Qozogʻiston va Oʻzbekiston uchun yagona viza joriy etish gʻoyasini ilgari surgandi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha