Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-20

USAID va Qirgʻiziston taʼlim vazirligi oʻquvchilar savodxonligini baholash natijalarini eʼlon qiladi

Karvonsaroy

BISHKEK – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Qirgʻiziston taʼlim va fan vazirligi seshanba, 20-noyabr kuni Bishkekda qirgʻizistonlik oʻquvchilarning savodxonlik koʻrsatkichini baholash natijalarini eʼlon qiladi. Bu haqda Bishkekdagi AQSH elchixonasi xabar berdi.

Qirgʻizistondagi qirgʻiz va rus tillarida taʼlim beruvchi 289 ta maktabning 5 mingdan ziyod boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻqish koʻnikmalarini baholash dasturida ishtirok etganlar. Tadbir USAID tashabbusi ostidagi “Mutolaa vaqti” dasturi doirasida oʻtkazilgan.

Baholash maktab bolalarining savodxonlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Natijalar tadqiqotchilarga “uyda so‘zlashiladigan til, ijtimoiy-iqtisodiy holat va o‘qish koʻnikmalari kabi muhim omillar o‘quvchining kitob o‘qishiga qanday ta‘sir qilishini” aniqlashga yordam beradi, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha