Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-28

AQSHda turli kompaniyalarni millionlab dollarga chuv tushirgan rus va qozoq xakerlari qoʻlga olindi

Karvonsaroy va AFP

VASHINGTON, KO – AQSHda murakkab soxta reklama sxemalarini yoʻlga qoʻyib, turli kompaniyalardan millionlab dollar oʻmargan sakkiz kishi, jumladan, olti Rossiya va ikki Qozogʻiston fuqarosi sud qilinmoqda.

27-noyabr, seshanba kuni Nyu-Yorkdagi federal sud tomonidan eʼlon qilingan 13 bandlik ayblov xulosasida Rossiya fuqarolari – Aleksandr Jukov, Boris Timoxin, Mixail Andreyev (bir vaqtning oʻzida Ukraina fuqarosi), Denis Avdeyev, Dmitriy Novikov, Aleksandr Isayev hamda qozogʻistonlik Sergey Ovsyannikov va Yevgeniy Timchenkolarning nomlari tilga olingan.

Ular firibgarlik, kompyuter tizimlarini buzib kirish, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash va pul yuvishda ayblanganlar.

Tengrinews nashri xabariga koʻra, ayni paytda Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi Ovsyannikov va Timchenkoning Qozogʻiston fuqaroligiga mansubligini tekshirmoqda.

AQSH prokurorlariga koʻra, “Methbot” deb nomlangan tizimlarning biri 2014-yilda ishga tushirilgan boʻlib, internet-firibgarlar AQSHning bir nechta shaharlaridagi tijoriy maʼlumotlar markazlarida joylashgan 1900 dan ortiq serverlarni ijaraga olishgan. Ular serverlar yordamida oʻzlari yaratgan soxta veb-saytlarda odamlar tarafidan reklama eʼlonlarining koʻrilishini simulyatsiya qilganlar.

Prokurorlarning soʻzlariga koʻra, firibgarlar botnet asosidagi reklama tarmogʻi yordamida reklama eʼlonlarini koʻrishlar sonini soxtalashtirib, turli kompaniyalardan 7 milliondan ortiq pul undirganlar, aslida reklamalar real internet foydalanuvchilari tomonidan koʻrilmagan.

Ayblanuvchulardan ikki nafari 2015-yilda raqamli reklama uchun moʻljallangan boshqa bir firibgarlik tizimini ham ishga tushirganlar. Sud hujjatlariga koʻra, ular eʼlonlarning koʻrilganini soxtalashtirish uchun zararli dasturlar oʻrnatilgan 1,7 millionta kompyuterdan iborat tarmoqdan foydalanganlar. Shu tariqa internet foydalanuvchilari koʻrmagan eʼlonlar kompaniyalarga 29 million dollar zarar keltirgan.

“Taʼkidlanishicha, bu shaxslar raqamli reklamaga asoslangan murakkab firibgarlik tarmogʻini yaratganar. Ular vijdonan ishlagan kompaniyalarni adashtirish va aldash orqali ularning millionlab pullarini oʻmarishni maqsad qilganlar”, dedi Federal qidiruv mahkamasi (FBI) rahbarining yordamchisi Uilyam Suini.

“Bunday holatlar kompaniyalar va mijozlarning tizimga boʻlgan ishonchiga putur yetkazadi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha