Oʻzbekiston NY Times nashrining eng ommabop sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston New York Times nashrining 2019-yilda sayohat qilish tavsiya etiladigan 52 mamlakat roʻyxatidan joy oldi.

“Agar siz qachonlardir Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sahoyat qilishni istagan boʻlsangiz, ehtimol, hozir buning ayni vaqti”, deb yozadi nashr Oʻzbekistonning oʻziga xos “qayta qurish”ni boshdan kechirayotganini taʼkidlar ekan. Times viza tartibining soddalashtirilishi, valyuta almashtirish kurslarining yaxshilanishi va reyslarning koʻpaytirilishi kabi islohotlarni yuqori baholagan.

Avvalroq Londonning Guardian nashri Oʻzbekistonni “bu yili borishga arzigulik 40 joy” roʻyxatiga kiritgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

7
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
| 2019-01-15

Juda tez, barakalla

Javob berish