http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/01/15/newsbrief-01

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarining ijtimoiy tarmoqlarga toʻsiqsiz kirish imkoniyati tiklandi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekistondagi barcha internet foydalanuvchilari dushanba (14-yanvar) kunidan hech qanday virtual xusisiy tarmoqlarsiz (VPN) va proksi-serverlarsiz Facebook, YouTube va VKontakte ijtimoiy tarmoqlariga kira olayotganliklarini aytishgan, deb xabar berdi CA-News seshanba (15-yanvar) kuni.

Facebookka kirish bilan bogʻliq muammolar o‘tgan yil sentabr oyida paydo boʻlgandi. Keyinroq xuddi shu muammo YouTube bilan ham yuz berdi.

Ammo, davlat tashkilotlari agentliklar va vazirliklari deyarli har doim Facebook va YouTube tarmoqlariga VPN yoki boshqa qurilmalarsiz kira olishgan.

Ayrim foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyatining tiklanishini 20-22-yanvar kunlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amalga oshirajak tashrifiga bog‘lamoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha