http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/02/07/newsbrief-01

Tojikiston sudi Panj tumanida yashovchi fuqaroni ID tashviqotini olib borganlikda aybladi

Karvonsaroy

XATLON VILOYATI, Tojikiston – Panj tumani sudi ayni hududda istiqomat qiluvchi Rustam Mengatovni “Islom davlati” (ID) g‘oyalarini targ‘ib qilishda ayblab olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Asia-Plus nashri payshanba (7-fevral) kuni Tojikiston bosh prokuraturaga asoslanib.

Boxtardagi madrasada tahsilni tugatgan Mengatov qo‘lga olinishidan avval qoʻshxotinlikda ayblangan, keyinchalik u Afg‘onistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. 2015-yilda u Turkiyaga ko‘chib o‘tgan, u yerda ID safiga qo‘shilgan, deb xabar beradi bosh prokuratura.

2017-yilning aprel oyida Mengatov Panj tumanida yashovchilarni Suriyada jang qilishga yollash maqsadida Tojikistonga qaytgan.

Tojik rasmiylariga koʻra, so‘nggi yillarda Suriya va Iroqdagi ID safida jang qilganlar orasida 1900 ga yaqin tojikistonlik boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha