Karvonsaroy

Bishkekda ekstremistik gʻoyalar targʻibotida ayblangan shaxs sudlandi

Karvonsaroy

BISHKEK – Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Facebook ijtimoiy tarmogʻida ekstremistik materiallarni chop etishda ayblangan erkakni bir yillik shartli qamoqqa hukm qildi. Bu haqda seshanba (12-fevral) kuni 24.kg nashri xabar bergan.

Din ishlari boʻyicha davlat qoʻmitasi (GKDR) sudlanuvchi tomonidan internetga joylangan materiallar haqiqatan ham ekstremistik ruhda boʻlgani va taqiqlangan Hizbut Tahrir tashkilotiga mansubligini tasdiqlagan.

Sudlanuvchi oʻziga nistbatan ilgari surilgan ayblovlarni rad etib, Facebook tarmogʻida hech qanday taqiqlangan materiallar chop etmaganini taʼkidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500