http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/02/19/newsbrief-01

Oʻzbekiston Markaziy banki 100 ming soʻmlik banknota chiqaradi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Shanba (16-fevral) kuni Oʻzbekiston Markaziy banki Telegram kanalida yangi, 100 ming soʻmlik banknota chiqarilishi haqida eʼlon qildi. U 15-asr olimi Mirzo Ulugʻbek faoliyati va astronomiya fanidagi yutuqlariga bagʻishlangan.

25-fevraldan muomalaga chiqariladigan yangi banknotada koʻzi ojiz insonlarga uning qiymatini aniqlash imkonini beradigan boʻrtma element mavjud boʻladi.

Banknotaning qiymati taxminan 12 dollarga teng.

Yangi banknota Oʻzbekistonda eng yirik qiymatdagisi boʻladi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi dushanba (18-fevral) kuni. 50 ming soʻmlik kupyura 2017-yilning avgustida muomala chiqarilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha