Mutaxassislar mintaqaviy tahdidlar va imkoniyatlarni muhokama etish uchun Toshkentga yigʻildilar

Karvonsaroy

TOSHKENT – Seshanba-chorshanba (19-20-fevral) kunlari Toshkentda xalqaro va mintaqaviy ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo muammolariga bagʻishlangan ikki kunlik anjuman oʻtkaziladi. Bu haqda mamlakat TIVga asoslanib, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

“Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” deb nomlangan anjuman Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xavfsizlik, savdo, transport, aloqa, suvdan foydalanish, energetika, turizm, taʼlim, ilm-fan va boshqa sohalardagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi doirasida oʻtkazilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 36 mamlakatdan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.

Unda Jahon banki, Yevropa investitsion banki va Jahon savdo tashkiloti kabi turli xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda, deb xabar beradi Asia-Plus Tojikiston hukumatidagi manbaga tayanib.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha