OSTONA – Qozogʻiston va Oʻzbekiston energetika sohasidagi hamkorlikka oid bitim doirasida kengash tuzishga kelishib oldi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi Qozogʻiston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga asoslanib xabar bergan.
Muvofiqlashtiruvchi kengash “ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi. Bunday yondashuv ikki oʻrtada neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, neft-kimyo mahsulotlari va elektr energiyasi savdosiga oid masalalarni hal etish boʻyicha kompleks choralar koʻrishga imkon beradi”, dedi u 20-fevral kuni parlamentdagi chiqishida.
Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi Kelishuvni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqullab boʻlgan.