Qirg‘izistonlik chegarachilar xorijlik terrorchi jangarilarni aniqlashni o‘rgandilar

Karvonsaroy

BISHKEK – Yigirma yetti nafar qirg‘izistonlik chegarachi va chegara xizmati yoʻriqchilari Qirg‘izistonga kirishga harakat qilayotgan xorijlik terrorchi jangarilarni qanday qilib aniqlashni o‘rgandilar, deyiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) payshanba (4-aprel) kungi bayonotida.

O‘quv kurslari Bishkekda seshanbadan (2-aprel) payshanbaga qadar oʻtkazildi.

Bu YXHT koʻchma trening jamoasining 10-safari boʻldi. O‘quv kurslari YXHT va Qirg‘iziston davlat chegara xizmati hamkorligida tashkil etildi.

Ishtirokchilar xalqaro, mintaqaviy va milliy huquqiy asoslar, Interpol ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, yo‘lovchilar uchun oldindan axborot olish, yo‘lovchilarning ism-shariflarini ro‘yxatga olish tizimi va sayohat hujjatlari xavfsizligi kabi mashgʻulotlarda qatnashdilar. Ular chegaralarda inson huquqlarini buzmagan holda ehtimoliy xorijlik terrorchi jangarilarni aniqlashda “xavf tahlili va boshqaruvini” o‘rgandilar.

Qatnashchilarga xorijlik terrorchi jangarilarning kelib chiqish tarixi va tendensiyalari, shu bilan birga, qalbaki hujjatlar, qalloblarni aniqlash va xorijlik jangarilarni fosh etuvchi xulq-atvor belgilari o‘rgatildi.

Oʻquv mashgʻulotlari Gruziya, Ruminiya va Ukrainadan kelgan chegarachi zobitlar hamda Interpol va YXHTning xalqaro mutaxassislari tomonidan olib borildi.

YXHTning mobil trening jamoasi 2016-yilda tashkil topgan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha