Karvonsaroy

Toshkentda fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun hamkorlik markazi ochildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Toshkentdagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari “Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida uchrashish, maʼlumot almashish va birgalikda ishlashi uchun” markaz tashkil etildi. Bu haqda payshanba (11-aprel) kuni Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi xabar berdi.

Chorshanba (10-aprel) kuni ochilgan yangi markaz fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Sogʻlom va dadil munozaralar ijtimoiy maydonda demokratiyani kuchaytiradi va ekstremizmning oldini oladi.

Markaz “Yuksalish” umummilliy harakati nodavlat tashkilotining Toshkentdagi ofisida ochilgan.

Hamkorlikda ishlash markazi barcha Oʻzbekiston fuqarolari uchun bepul va ochiqdir. Unda kompyuter, videokonferens-aloqa texnologiyalari va boshqa qulayliklar mavjud. Fuqarolik jamiyati faollari munozaralar oʻtkazish, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash va boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Markazning ochilishi bilan birga, chorshanba kuni AQSH Xalqaro tarraqiyot agentligi (USAID), “Yuksalish” umumilliy harakati va Qozogʻistonning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi ham ishga tushirildi.

Ikki yillik “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati rolini rivojlantirishga qaratilgan, deb xabar bergan AQSH elchixonasi. Ushbu dastur “fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va fuqarolarni davlat boshqaruviga jalb qilish uchun samarali mexanizmlarni joriy etishni” koʻzlaydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500