http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/04/18/newsbrief-02

Qirgʻizistonda sudlangan terrorchilarni fuqarolikdan mahrum etuvchi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston Adliya vazirligi kuchga kirgan taqdirda terrorizm, davlatga xiyonat yoki ayirmachilikda ayblanganlarni fuqarolikdan mahrum etishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini eʼlon qildi, deya xabar beradi AKIpress payshanba (18-aprel) kuni.

Vazirlik qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etgan.

Qonun loyihasi Oliy sud, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi, Davlat roʻyxatga olish va migratsiya xizmatlari vakillaridan iborat idoralararo guruh tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonunga koʻra, fuqarolikdan mahrum boʻlishga olib keladigan jinoyatlar terrorchilik faoliyatni amalga oshirish yoki moliyalashtirish, terroristik mashgʻulotlarda qatnashish, xorijdagi qurolli mojarolarda ishtirok etish, davlatga xiyonat, hukumatni agʻdarishga urinish, ekstremistik tashkilot tuzish va yollanma faoliyat kabilarni oʻz ichiga oladi.

Qonunbuzarlar uchun jazosi muddati va fuqarolikdan mahrum qilish chorasi sud tomonidan belgilanadi. Qoʻsh fuqaroligi boʻlmaganlar fuqaroliksiz qolishlari mumkin.

Qonun loyihasi mualliflariga koʻra, mazkur meʼyorlar konstitutsiya yoki xalqaro normalarga xilof emas.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha