http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/15/newsbrief-01

YIning Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyasi sheriklik aloqalarini kuchaytirishga qaratiladi

Karvonsaroy

BRYUSSEL – Chorshanba (15-may) kuni Yevropa komissiyasi (YK) Markaziy Osiyo davlatlari bilan “kuchli, zamonaviy va hech kimni ajratmaydigan hamkorlik” oʻrnatishni koʻzda tutuvchi yangi strategiyani qabul qildi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

16 sahifali hujjat YKning Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston boʻyicha yaqin yillardagi maqsadlarini belgilaydi. YK Yevropa Ittifoqining tashkilot bitimlarini qoʻllab-quvatlovchi tuzilmasi hisoblanadi.

YIning Markaziy Osiyo bilan hamkorligi turli shakllarda, jumladan xavfsizlikka qaratilgan Markaziy Osiyodagi chegara boshqaruvi dasturi koʻrinishida ham kelgan.

Yangi hujjat 2007-yilgi xuddi shunday hujjatni mazmunan toʻldiradi.

YI “oʻzaro aloqalarni kuchaytirishni istagan va bunga imkoni boʻlgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlaydi”, deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, ittifoq “mintaqalararo savdo va investitsiya boʻyicha tizimli cheklovlarni bartaraf etish, qolgan Markaziy Osiyo davlatlarini Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlash hamda barqaror munosabatlarga koʻmaklashish ustida ishlaydi”.

2015-yilda Bryusselning Qozogʻiston bilan imzolagan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik shartnomasi mintaqadagi munosabatlar uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi, deyiladi hujjatda.

YI Qirgʻiziston va Oʻzbekiston bilan ham xuddi shunday hujjatlarni imzolashni rejalashtirgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha