Qirgʻizistonda terrorizm tashviqotida ayblangan qozogʻistonlik qoʻlga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari dushanba (20-may) kuni Bishkekda terrorizm tashviqotida ayblanib qidiruvda boʻlgan Qozogʻiston fuqaroni qoʻlga oldi. Bu haqda payshanba (23-may) kuni Ichki ishlar vazirligiga asoslanib 24.kz nashri xabar berdi.

1994-yilda tugʻilgan gumondor Qirgʻiziston poytaxtidagi xonadonlarning birida yashab kelgan. U Qozogʻistonda terrorizm tashviqotini olib borgani va ijtimoiy, etnik, irqiy yoki diniy nafratni qoʻzgʻagani uchun qidiruvda boʻlgan.

IIV xabariga koʻra, gumondorga nisbatan Sharqiy Qozogʻiston viloyati huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan oʻtgan yil may oyida jinoiy ish qoʻzgʻatilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

1
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha