http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/07/newsbrief-01

Putin Rossiyaning START yadroviy qurollar kelishuvidan chiqishga tayyorligini aytmoqda

AFP

SANKT-PETERBURG – Payshanba (6 iyun) kuni prezident Vladimir Putin Rossiya AQSH bilan imzolagan yadroviy qurollarga oid bitimdan voz kechishga tayyor ekanligini aytdi.

Sankt-Peterburgda jahon axborot agentliklari rahbarlari oldida chiqish qilarkan, Putin Rossiyaning strategik hujum qurollarini qisqartirishga oid yangi shartnomadan (yangi START) chiqishga tayyor ekanligini maʼlum qilgan. Bitim tomonlarga strategik yadroviy kallaklarni sovuq urush davriga oid cheklovdan sezilarli darajada kamaytirish majburiyatini yuklaydi.

“Hech kim SNV-3 shartnomasini uzaytirishni istamasa, uni uzaytirmaymiz”, deb aytgan Putin.

Shartnoma 2010-yilda AQSH prezidenti Barak Obama va uning rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan. Uning amal qilish muddati 2021-yilgacha.

Strategik hujum qurollarini qisqartirishga oid yangi shartnoma boshqa bir kelishuv – Qisqa va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar toʻgʻrisidagi (INF) shartnoma bilan birga qudratli davlatlarining qurollanishini nazorat qiluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Bir necha yilga choʻzilgan rasmiy shikoyatlar va muammoni diplomatik yoʻl bilan hal etish urinishlaridan soʻng, AQSH va uning NATO boʻyicha ittifoqchilari Rossiya INF shartnomasini “ochiqdan-ochiq buzmoqda” degan xulosaga kelishgan. Moskva mart oyida mazkur shartnomadan chiqqan edi.

AQSH prezidenti Donald Tramp va davlat kotibi Mayk Pompeo SNV shartnomasiga Xitoyni qoʻshish bilan uni kengaytirishga chaqirganlar, Xitoy bu gʻoyani rad etgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha
| 2019-06-08

Rossiya bilan kelishuvlar ular yozilgan qogʻozga ham arzimaydi.

Javob berish