YXHT Turkmanistonda pul yuvish va terrorchilikni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha eng ilgʻor tajriba bilan oʻrtoqlashdi

Karvonsaroy

ASHXOBOD – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) dushanba (10-iyun) kuni Ashxobodda pul yuvish va terrorizmni moliyalashga qarshi kurash boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrgatishga bagʻishlangan ikki kunlik seminar oʻtkazdi, deyiladi seshanba (11-iyun) kuni YXHT saytida eʼlon qilingan xabarda.

Tadbir Ashxoboddagi YXHT markazi, Turkmaniston moliya vazirligi va uning Moliyaviy monitoring xizmati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminardan maqsad, “nomoliyaviy korxonalar va mutaxassislar sektoriga moʻljallangan ichki nizom tartiblari samaradorligini taʼminlash boʻyicha xalqaro huquqiy nizomlar va standartlarni chuqurroq anglash, shu bilan birga sohada idoralararo hamkorlik boʻyicha eng yaxshi amaliyotlar bilan boʻlishishdir”, deyiladi xabarda.

Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vazirliklari hamda uning Moliyaviy monitoring xizmati, huquq-tartibot va nazorat organlari mamlakatning boshqa tegishli idoralari vakillari bilan birgalikda pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha milliy tizim va xalqaro standartlarni muhokama qildilar.

Sizga maqola yoqdimi?

0
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha