Rossiyaning siquvi davom etar ekan, suriyaliklar Idlibda oldindan qabrlar hozirlamoqdalar

AFP

MAʼRAT AL-NUMAN, Suriya – Oq dubulgʻalilar nomi bilan tanilgan fuqarolik mudofaasi vakillari dafn marosimlarining tezroq oʻtishi va qabristonga borganlar u yerda halok boʻlmasligi uchun Idlib hududida muddatidan avval qabrlar qazimoqda.

Uch millionga yaqin aholiga ega hudud soʻnggi haftalarda rejimning zoʻravonligi va Rossiya havo hujumlaridan talafot koʻrdi. Bu yerda aprel oyi oxiridan beri yuzlab fuqaro halok boʻlgan. Rasmiy Moskva oʻz hujumlarini faqat “terrorchilarni” nishonga olayotgani haqidagi daʼvolar amalga oshirayotgan bir vaqtda, tinch aholi orasidagi qurbonlar soni oshib bormoqda.

“Qabrlarni qazib ularni tayyorlab qoʻymoqdamiz, ularning kimga atalganini bilmaymiz ham”, dedi Maʼrat al-Numon shahridagi goʻrkov. Bu shahar soʻnggi haftalarda bir necha marta bomba hujumlari ostida qolgan.

“Al-Qoida”ning sobiq shoʻbasi boʻlmish “Hayot Tahrir al-Shom” guruhi yetakchiligidagi ittifoq nazoratida boʻlgan Idlib hududi bundan bir necha oy avval imzolangan bufer zonasi bitimi bilan himoyalangan boʻlishi kerak edi.

Biroq rejim va Rossiya tomonidan aprel oyi oxiridan beri uyushtirilayotgan havo zarbalari, bomba va raketa hujumlari mintaqani vayron qilgan.

Suriyadagi inson huquqlari observatoriyasiga koʻra, zoʻravonliklar natijasida 360 nafardan ziyod tinch aholi, jumladan 80 ta yosh bola halok boʻlib, yuz minglab odamlar oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

2
2
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha