http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/07/24/newsbrief-01

2019-yilning birinchi yarmida Tojikistonda terrorizmda gumonlangan yuzga yaqin odam hibsga olindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda seshanba (23-iyul) kuni Dushanbeda 2019-yilning birinchi yarmida mamlakatda ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi, deyiladi IIV bayonotida.

Uning aytishicha, oʻtgan vaqt davomida Tojikiston huquq-tartibot idoralari terrorchilikda ayblangan 97 fuqaroni qoʻlga olganlar.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari terrorizm bilan bogʻliq 226 ta va ekstremizmga aloqador 379 jinoyatni fosh etdilar. Rahimzodaning qoʻshimcha qilishicha, hisobot davrida Tojikistonda bitta terrorchilik harakati sodir etildi, shuningdek, terakt sodir etishga urinish bilan bogʻliq ikkita holatning oldi olindi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu vaqt ichida IIV xorijda ekstremistlar safida jang qilgan 169 nafar tojik fuqarosini vataniga qaytishga koʻndirgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha