http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2017/12/21/feature-03
| Iqtisodiyot

Qozog‘iston YTTB bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oladi

Karvonsaroy

image

Ostona shahri ko‘rinishi, 23-yanvarda olingan fotosurat. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

OSTONA – Qozog‘iston hukumati va qarorgohi Londonda joylashgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) payshanba, 21-dekabr kuni “milliy iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va diversifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan qo‘shma harakatlarni davom ettirish” haqidagi kelishuvni imzoladilar, deyiladi YTTBning bayonotida.

Uch yilga mo‘ljallangan yangi kelishuv YTTB va Qozog‘iston o‘rtasida barqaror rivojlanish va o‘sishga ko‘maklashish yo‘lidagi hamkorlikni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi Doiraviy kelishuvga asoslangan.

Imzolangan kelishuv “investitsiyalarni jalb qilishda birgalikdagi harakatlarni davom ettirish,moliyaviy va kichik biznes sektorlarini rivojlantirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish hamdabarqaror mintaqaviy taraqqiyot kabilarni o‘z ichiga olgan”, deyiladi bayonotda.

“O‘tgan uch yil davomida hamkorlik bitimi doirasidagi qo‘shma harakatlarimiz investitsiyalarni oshirishga yordam berdi va mamlakatdagi bir nechta muhim islohotlarni jadallatdi,” dedi YTTBning Qozog‘istondagi rahbari Agris Preimanis.

“Men qozog‘istonlik hamkasblarimizga Muvofiqlashtiruv kengashidagi samarali mehnatlari va turli investitsiya loyihalariga kiritgan moliyaviy hissalari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman,” dedi u.

Preimanisga ko‘ra, tomonlar hamkorlikning turli sohalari, jumladan innovatsiya, sarmoyaviy muhit, mintaqaviy rivojlanish, institutsional islohotlar va munitsipal sektorni rivojlantirish bo‘yicha “sezilarli natijalarga” erishdi.

“Davlatlarning global raqobatbardoshligi sarmoyalar, texnologiyalarning rivojlanishi va inson kapitaliga bog‘liq bo‘lgan hozirgi sharoitda, xalqaro moliyaviy institutlarning hamkorligi va yordami davlatimiz uchun juda muhim,” dedi Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov.

“Bu borada biz YTTB bilan hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat beramiz hamda istiqbolda ham samarali hamkorlikka umid qilamiz,” dedi u.

YTTB Qozog‘istonda xususiy sektorni rivojlantirish uchun iqtisodiyotning turli sohalariga 7,3 milliard yevro (2,8 trillion qozoq tengesi) miqdorida sarmoya kiritgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha