Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-05 | Yoshlar

Qirg‘iziston yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonmoqda

QIrg‘izistonning turli yerlaridan bo‘lgan yoshlar “Search for Common Ground” (SFCG) nodavlat tashkiloti tashkillashtirgan ma’ruzani tinglamoqda, 26-yanvar. Muloqot yoshlarni radikal g‘oyalardan qaytarishni maqsad qilgan. (Asker Sultanov)

Asker Sultanov

BISHKEK – Qirg‘iz yoshlari orasida ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha bir necha yil davomida jadal ish olib borilishi o‘z samarasini bermoqda, deydi tahlilchilar.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashuvchi Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining 10-Bosh ma’muriyati, Diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari, mahalliy nodavlat va xalqaro tashkilotlar haqiqiy Islom va radikal harakatlar o‘rtasidagi farq haqida yoshlarga ta’lim bermoqdalar.

“IIV xodimlari To‘qmoq shahriga kelib, bu yerda rollarga ajratilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazdi va ekstremizm haqida ma’lumot berdi”, deydi to‘qmoqlik 21 yoshli Almaz o‘g‘li Oybek Karvonsaroy nashriga.

IIV mashqlarida qatnashishdan avval, “men ekstremizm va terrorizm nimaligini, hatto yosh qirg‘izlar Suriyaga urushga jo‘nab ketayotganlarini bilmas edim”, dedi u.

Mashqlar davomida egallangan muhim bilimlarni ulashar ekan, u “Islom va radikalizm o‘rtasidagi asosiy farq, islom hech qachon jinoyat qilishga undamaydi”, dedi. “Eng muhimi radikal g‘oyalarga aralashib qolishdan himoyalangan inson bo‘lish.”

Bag‘rikenglik va ta’limni targ‘ib qilish

To‘g‘ri diniy ta’lim Qirg‘izistonda ekstremizm va terrorizmga samarali qarshi chora, deydi bishkeklik inson huquqlari faoli Toktaim Umotaliyeva.

“Ekstremizm va terrorizmning tarqalishini to‘xtatishga yuqori sifatli ta’lim dasturlari, hukumat tomonidan ekstremistik deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatining tuzilishida muhim qarorlar va qonunlar amalga kiritilishi, taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali erishiladi,” dedi u Karvonsaroy nashriga.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyoda Islomning yuzaga kelishi tarixini o‘rganish va Islomda inson huquqlarining asoslari haqida jamoatchilikni xabardor etishga qaratilishi kerak, deydi Umotaliyeva.

“Qur’onda ayollar ba yosh bolalar huquqlari bilan bir qatorda atrof-muhit va tinchlik qadriyatlari mavzusi juda muhim,” deydi u.

Bishkeklik 21 yoshli Marat Koshmuratov aksil-radikallashuv dasturuda ishtirok etganidan so‘ng, Islom haqida tushunchalarini Karvonsaroyga so‘zlab berdi.

“Ekstremizm va terrorizm jinoyat bo‘lib, ularning Islomga hech qanday daxli yo‘q,” dedi u.

U yoshlar orasida ekstremizmning oldini olish choralarini davom ettirish juda muhim ekanligini, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi ko‘pgina odamlar diniy bag‘rikenglikning muhimligini tushunmasligini aytdi.

“Viloyatlarda, imomlarning kasbiy mahoratlari yetishmasligi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi,” dedi u. “Sir emaski, davlatimizda maktablardan ko‘ra masjidlarning soni bir necha marotaba ko‘p.”

Yollovchilardan yoshlarni himoyalash

Diniy ta’limdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun, ko‘plab mahalliy tashkilotlar yoshlarga ekstremistik targ‘ibotni aniqlashni o‘rgatishda tashshabbus ko‘rsatmoqda.

Issiqko‘l viloyatidagi Japar Chabaldayev maktabining 10-sinf o‘quvchisi, 16 yashar Oynozik Kubauldayeva, Yetti Og‘uz tumani Saruu qishlog‘ida o‘tgan shunday dastur davomida nimalarni o‘rganganini so‘zlab berdi.

“ADEP: Another Development Perspective” nomli Shvetsiyada tashkil etilgan fuqarolik jamiyati tashkiloti uning maktabida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazdi va o‘quvchilarga radikalizm hamda uning Islomdan farqini tushuntirib berdi.

“Bizning sinfimizni, ota-onalarimizni, ustozlarimizni yig‘ishdi hamda ekstremizm va terrorizm haqida so‘zlab berishdi,” dedi u Karvonsaroy nashriga.

ADEP bunday uchrashuvlarni har oyda ikki marta o‘tkazadi, dedi u.

Talas viloyati, Manas shahridan bo‘lgan 19 yoshli Joldoshbek Januzakovning aytishicha, u terrorizm va ekstremizm haqida birinchi bor SFCG xalqaro nodavlat tashkilotining qirg‘iz bo‘limi o‘tkazgan Jash Stan loyihasi orqali bilgan.

Jash Stan loyihasi qirg‘iz yoshlarini faol yetakchilikka jalb etish orqali ekstremizmdan qaytarishga qaratilgan.

O‘tgan yil noyabr oyida Januzakov ham Issiqko‘lda faol yoshlar uchun IIV tomonidan tashkillashtirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

“Qir‘g‘izlar butun oila a’zolari bilan jangovar hududlarga ketayotganliklarini, radikalizm doimo keskin choralar va harakatlarga qaratilganini, islom esa tinchlik va bag‘rikenglik dini ekanligini tushunib yetdim,” dedi u Karvonsaroy nashriga.

Ma’lumotga ega bo‘lgan ota-onalar farzandlariga ekstremizmning tahdidlari haqida bilim berishda muhim rol o‘ynaydilar.

“Ota-onam YouTube, Odnoklassniki va WhatsAppda din haqidagi suhbatlardan chetlanishim kerakligini … va tanimagan odamlar bilan gaplashmasligimni aytishdi,” dedi Bishkekdagi 62-maktabning 15 yashar o‘quvchisi Sher Alimkulov.

“Ular menga ekstremistlar o‘zlarini yosh o‘g‘il-qizlardek ko‘rsatib, ko‘p bolalarni jangarilikka yollashganini aytishdi,” dedi u Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar

* Majburiy
Captcha