Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-06-07 | Yoshlar

Qirg‘iziston yetakchilik va professionalizmni targ‘ib etish orqali yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashmoqda

Shahar markazida sayr qilayotgan yoshlar, Bishkek, 5-iyun. “Search for Common Ground” (SCG) xalqaro nodavlat tashkilotining Qirg‘iziston bo‘limi yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish ustida ishlaydi. (Asker Sultanov)

Asker Sultanov

BISHKEK – Qirg‘iziston fuqarolik jamiyati a’zolari, biznes rahbarlari, san’atkorlar va mashhur insonlar mamlakat bo‘ylab sayohat qilib yoshlarni ekstremistik tashviqotdan himoya qilish loyihasi doirasida yetakchilik va professionallikni targ‘ib qilmoqdalar.

Bishkekda o‘z ofisiga ega bo‘lgan “Search for Common Ground” (SCG) nodavlat tashkiloti bu loyihani tashkillashtirmoqda.

So‘nggi uchrashuv 1-4-iyun kunlari Issiqko‘l viloyatining Jeti-Og‘uz tumani Saruu qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi, deydi SCGning qirg‘iz bo‘limi rahbari Keneshbek Sainazarov Karvonsaroy nashriga.

“Biz diniy ekstremizm va boshqa muammolarni bartaraf etish uchun 2015-yilda muloqot platformasini (turkum forumlarni) ishga tushirdik”, dedi u.

Platforma doirasida SCG ikki xildagi tadbirlarni o‘tkazadi, ular – notiq va tomoshabinlar bilan batafsil suhbatlar hamda bevosita ma’ruzalardir.

2015-yildan beri tashkilot Markaziy Osiyoning taniqli shaxslari ishtirokida 6 ta batafsil suhbat va 20 ta ma’ruza tashkillashtirgan.

Yoshlarga murabbiylik qilish

Muloqot loyihasi doirasida mashhur shaxslar besh asosiy soha – biznes, yoshlar yetakchiligi, ayollar yetakchiligi, sport va san’atdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda, dedi Bishkekdagi SCG xodimasi Nuriya Karakulova.

“Murabbiylar tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar zo‘ravonlik ekstremizmini bartaraf qilish uchun qo‘llaniladigan usullaridan biridir, chunki e’tiborsiz qolgan yoshlarning salohiyatini oshirish diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ijobiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Muvaffaqiyatli biznes yetakchilari yoshlar bilan ish bozorida qanday kasblar ahamiyatli ekanligi, qobiliyatlar va o‘z-o‘zini rivojlantirish haqida suhbatlashdilar”, deb qo‘shimcha qildi u.

Har bir uchrashuvda elliktadan yetmishtagacha yoshlar hamda mahalliy rasmiylar, imomlar, o‘qituvchilar va militsiya xodimlari ishtirok etadi, dedi Karakulova.

Radikallashuvga qarshi kurash

O‘sh viloyati, Qashqar Kishtak qishlog‘idagi SGG vakili Gulzada Yusupbekova fevral oyida ushbu dastur doirasidagi yoshlarning radikallashuviga qarshi kurash bo‘yicha mahalliy uchrashuvda 330 ta kishi ishtirok etganini aytdi.

“Biz mahalliy imomlar, oqsoqollar, ayollar, yoshlar va Suriyada bo‘lgan qirg‘izistonliklarni bu uchrashuvlarga taklif qildik”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Sobiq jangarilar Suriyada guvoh bo‘lgan dahshatli voqealar haqida so‘zlab berdilar va Suriyaga jangga ketish yomon yo‘l ekanligini aytdilar”, dedi u. “Ular nimalarni ko‘rganlari va u yerdan qanday qilib qaytib kelganlari haqida aytib berdilar. Qaytganlar yoshlarni u yerga bormaslikka undadilar.”

Uchrashuvdan so‘ng, ishtirokchilar radikallashuv va ekstremizmga qarshi shiorlarni ko‘tarib qishloq markaziga borishdi, dedi Jusupbekova. Tadbirda mingdan ortiq yoshlar, mahalliy hokimiyat a’zolari va o‘qituvchilar qatnashdilar.

O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida yashovchi Sohidbek Yunusaxunov may oyida o‘tgan uchrashuvlarning birida ishtirok etgan.

“Biz diniy savodsizlik masalalari va yoshlar qanday qilib dinni tushunishlari hamda an’anaviy islomni radikal islomdan farqlashlari haqida muhokama qildik”, dedi Karvonsaroy nashriga.

“Yoshlarga islom haqida ishonchli ma’lumot kerak”, dedi u. “Ota-onalar farzandlarini kuzatib borishi va ular kim bilan muloqotda bo‘lishini nazorat qilib borishlari zarur.”

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 11

Fikrlar

* Majburiy
Captcha