Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-08 | Yoshlar

“Jashstan” loyihasi Qirg‘iz yoshlarini jamiyatga ko‘proq e‘tibor qaratishga undamoqda

Jashstan loyihasining Qirg‘iziston viloyatlaridagi koordinatorlari loyihaning joriy natijalarini muhokama qilish maqsadida 28-yanvar kuni Bishkekda yig‘ildilar. (Asker Sultanov)

Asker Sultanov

BISHKEK – Search for Common Ground (“Umumiy manfaatlarni izlab”) xalqaro nodavlat tashkilotining Qirg‘izistondagi bo‘limi BMT tinchlikparvarlik jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida qirg‘iz yoshlarini ekstremizm va radikalizmdan uzoqlashtirish maqsadida ularga bir qator ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqishga yordam bermoqda.

Jashstan (“Yoshlar zamini”) loyihasiga 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan 162 nafar yigit-qiz jalb etilgan. Ushbu loyiha 2017-yildan beri Qirg‘iziston bo‘ylab 27 ta ziddiyatli jamoada ish olib bormoqda, dedi loyiha rahbari Evgeniy Badilovskiy Karvonsaroy nashriga.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – qirg‘iz yoshlarini faol yetakchilikka jalb qilish orqali, ularni ekstremizmdan qaytarish.

“Biz yoshlar orasida ko‘plab kelishmovchiliklar yuz bergan joylarni tanlaymiz va yoshlar bilan ularning salohiyatini oshirish ustida birga ishlaymiz”, dedi u. “Biz yoshlarni ushbu loyihaga jalb qilish orqali ularni radikal g‘oyalar va nizolardan uzoqlashtirishni istaymiz”.

Biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash

Jashstan loyiyasi Min-Kushda (Norin viloyati) bir guruh yoshlarga mebel ishlab chiqaruvchi korxona ochishga yordam berdi.

Olti yigit hamqishloqlar orasida mebel sotadigan korxonaga talab borligini ko‘rdilar.

“Dastlabki uch oy ichida ular 3000 kishilik qishloq uchun umumiy bahosi 20 000 somga (291 dollar) teng buyurtmalarni yetkazib berishdi”, dedi Badilovskiy. “Loyihaga tikilgan sarmoya 1500 AQSH dollarini tashkil etdi va xarajatlar deyarli qoplab bo‘lindi”.

Issiqko‘l viloyatining Saruu qishlog‘idan bo‘lgan bir guruh yoshlar esa quritilgan meva ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar.

Ular mavsum davomida bir talay olma va boshqa mevalar nest-nobud bo‘lganini ko‘rdilar”, dedi Badilovskiy. “Ular, shuningdek, 10 tonnaga yaqin olma va nok yerda qolib uvol bo‘lgan bir paytda, qishloqda 3 mingga yaqin bola yetarlicha vitaminlar bilan ta’minlanmaganidan xabar topdilar”.

Ular mahalliy aholi yordami bilan haftada bir marta 3300 kilogramm sarxil mevalarni terib, qayta ishlaydilar va 18 kilogramm quritilgan meva mahsulotlarini tayyorlaydilar – bu 150 nafar maktab o‘quvchisi uchun yetarli.

“Endilikda ular ishlab chiqarish hajmini oshirib, qishloqdagi bolalar bog‘chasini ham quritilgan mevalar bilan ta’minlash niyatidalar”, dedi Badilovskiy.

Yoshlar jamoasini mustahkamlash

Bu orada, o‘tgan yili loyiha doirasida manaslik (Talas viloyati) bir guruh bolalar qishloqdagi tengdoshlari orasida birdamlik tuyg‘usini mustahkalash maqsadida yoshlar markaziga asos soldilar.

Koordinatorlar loyihaga imkon qadar ko‘proq yoshlarni jalb qilish maqsadida 19 ta qishloqda uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, WhatsApp guruhi ham ishga tushirildi. Yig‘ilishlar o‘tkazish uchun ularga mahalliy pochta binosida 2 ta xona ajratilgan.

Xonalar yoshlarning o‘zi tarafidan ta’mirlanib, uchrashuv va muhokamalar o‘tkazish uchun qulay maskanga aylantirildi.

“Ayni payda biz yoshlarni sardorlik ko‘nikmalari hamda mahalliy aholi va yoshlar bilan muloqotga o'rgatuvchi 6 oylik kurslarga o‘qitish uchun Talasga olib kelmoqdamiz”, dedi Karvonsaroyga yoshlar markazi asoschilaridan biri Jo‘ldoshbek Jonuzoqov. “Urush hududlariga bormasliklari uchun, biz bu yerda ularga qanday qilib ishni yo‘lga qo‘yish va biznes-takliflarni yozishni o‘rgatamiz.”

“Yoshlar markazining sharofati bilan, turli etnik guruhlarga mansub yoshlar birga yig‘ilib, o‘zaro kelishuv va hamjihatlik asosida, turli mavzularni muhokama qilish va hamkorlikda ijtimoiy taraqqiyotga oid qator lohiyalarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘ldilar”, dedi Badilovskiy.

“Yoshlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun markazda kinoteatr ochishni rejalashtirmoqdalar”, dedi u.

Bag‘rikenglikni targ‘ib qilish orqali ekstremizmga qarshi kurashish

“Jashstan loyihasi yoshlarning ekstremistik g‘oyalar va radikal guruhlarga yollanishga qarshiligini kuchaytiradi”, dedi Karvonsaroyga loyihaning Chuy viloyati mintaqaviy koordinatori Aygul Ibrayeva.

Masalan, 2017-yil noyabrda to‘qmoqlik Almaz Uulu Aybek (21 yosh) va uning do‘stlari Jashstan loyihasi doirasida ko‘chalardagi turniklarda gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Bu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar orasida mushtlashuvlarga barham berish maqsadini ko‘zlagan edi.

“To‘qmoqda turli etnik guruhlar bor va shu sabab ko‘p mushtlashuvlar yuz bergan”, dedi u Karvonsaroyga. “Oxirgi 2 yil ichida vaziyat yaxshilandi, yoshlar bir-biri bilan do‘stlasha boshladi, bunda loyihaning yordami katta bo‘lmoqda”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihada 40 kishi qatnashmoqda va murabbiy ham taklif etilgan. “Biz har kuni uchrashib, mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Mart oyida To‘qmoqda musobaqa o‘tkaziladi”.

Almazning so‘zlariga ko‘ra, loyiha yoshlar e’tiborini radikal g‘oyalardan uzoqlashtirishga yordam berdi.

“Mashg‘ulotlar yoshlarning madaniyat, fan va yengil atletika sohalaridagi salohiyatini yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi”, dedi u. “Biz yoshlarni rivojlantirishga intilyapmiz. Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilsa, ular Suriyaga borishdek halokatli qarorlardan tiyiladilar”.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 4

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

1 ta fikr…

Айыма(Адина) | 2018-05-05

Bu loyiha menga juda yoqdi, ko‘p narsani o‘rgandim, ayniqsa muammolar kelib chiqishi bilan ularni hal qilishni. Men bu muammolarni yechishni o‘rgandim. Hozirgi vaqtda yoshlar turli muammolarga duch kelmoqdalar. G‘amgin bo‘lgan kunlarimda bu loyiha menga yordam berganidan mamnunman. Loyiha menga yaxshiroq bo‘lishga va o‘zimni baxtli his qilishimga imkon berdi. “Jashstan” loyihasida ishtirok eta olmaganimdan afsusdaman. “Jashstan” sen eng zo‘rsan!