Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-02-20 | Terrorizm

Qozoq telekanali tomoshabop va ogohlikka chorlovchi “Qizil daraja” teleserialini namoyish etadi

“Qizil daraja” treyleridan olingan kadrda terrorchi stadionni portlatish uchun bomba tayyorlayotgani aks etgan.

Kseniya Bondal

OLMAOTA – Qozog‘istonning KTK telekanali mamlakatdagi ekstremistlar haqida hikoya qiluvchi ilk serial – “Qizil daraja” namoyishini boshlash arafasida. Mazkur loyiha Axborot va aloqa vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan va moliyalashtirilgan.

“Qizil daraja” sakkiz qismdan iborat bo‘lib, mart oyining o‘rtalarida ekranga chiqishi rejalashtirilgan, dedi KTK bosh direktori o‘rinbosari Dauren Merkeyev Karvonsaroy nashriga.

Serial asosan rus tilida olingan, ammo qahramonlar ba’zida qozoq tilida ham so‘zlashadi, dedi u.

29-yanvar kuni namoyish etilgan treylerdan olingan tasvirda terrorchilarni qo‘lga olayotgan maxsus xizmat xodimlari aks ettirilgan. Teleserial mart oyining o‘rtalarida ekranlarga chiqishi kutilmoqda.

Serial uchun bunday nom tanlangani bejiz emas, deydi Merkeyev.

Qozog‘istonda terrorizm ehtimolini baholash tizimi jamoatchilikni terrorchilik xavfidan ogohlantirish uchun rangli belgilardan foydalanadi, bunda sariq (mo‘tadil), zarg‘aldoq (o‘rta), qizil (yuqori) darajadir, deb tushuntirdi u. Qizil darajada terrorchilik hujumi sodir etilayotgani yoki xavfsizlik organlari xodimlari kutilayotgan terrorchilik hujumi haqida ma’lumotga ega ekanliklarini anglatadi.

Misol uchun, hukumat 2016-yil iyun oyida Aqto‘beda sodir etilgan halokatli hujumlar vaqtida qizil darajani e’lon qilgandi. O‘shanda bir guruh terrorchilar qurol-aslaha do‘koni va harbiy qismga bostirib kirgandi. Shuningdek, 2016-yilning iyul oyida qurollangan shaxs militsiya bo‘limida sakkiz nafar militsiya xodimi va ikkita fuqaroni otib o‘ldirgan.

Film ijodkorlari voqealar imkon qadar haqiqatga yaqinroq bo‘lishi uchun 2016-yilda sodir etilgan terrorchilik hujumiga qarshi kurash tafsilotlarini o‘rganib chiqdilar.

“Bu Qozog‘istonda paydo bo‘lgan ekstremistlar guruhi haqidagi zamonaviy hikoya”, dedi Merkeyev. “Rejalashtirilgan terrorchilik hujumini fosh qilgan Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xodimlari guruh bilan to‘qnashadi. Biz serial real vodealarga asoslangan deya olmaymiz, ammo uning ko‘p qismi Aqto‘be va Olmaotada sodir etilgan fojiali hodisalarni inobatga olgan holda suratga olingan.”

Axborot vazirligi KTKdan serialni suratga olishni so‘ragan, bunga sabab ushbu telekanal Qozog‘istonda yetakchi hisoblanadi va aynan uning jurnalistlari 2016-yildagi hujumlarni yoritishgan, dedi Merkeyev.

Real hodisalar va qahramonlar

Qozog‘istonda terrorizm muammosi mavjud ekanligini rad etib bo‘lmaydi. Zero, film ijodkorlarining asosiy vazifasi ham ekstremizm yo‘lini tanlagan haqiqiy qahramonlarni yaratish bo‘ldi, deydi Merkeyev.

Film ijodkorlari “soqolli, yovuz qahramonlar o‘rniga, u yoki bu sabab bilan noto‘g‘ri yolga kirib qolgan haqiqiy odamlarni” ko‘rsatishga harakat qildilar, dedi u. “Aslini olganda, bu mutaassiblar va terrorchilar ham Qozog‘iston fuqarolari.”

Film ijodjkorlarining maqsadi – tomoshabinlarning “Nima uchun terrorchilar qotillik va terrorchilik hujumlarini amalga oshiradilar? Ularning maqsadlari nima va ular nimani isbotlashni xohlaydilar? Va nihoyat, ular qanday tavba qilishlari mumkin?” degan savollariga javob izlashdir”, dedi Merkeyev.

Kinoijodkorlar ekstremistlarning qanday qilib tuzatib bo‘lmas xatolarni sodir etishlarini tushuntirib beradigan haqiqiy voqealarni topganlar, dedi u. “Bu ekstremizm va terrorizmni oldini olish uchun eng yaxshi chora”, deb qo‘shimcha qildi Merkeyev.

“Biz ko‘plab jonli efir tasvirlarini ko‘rdik, Aqto‘beda teraktda jabrlanganlar va hujumda ayblanganlar bilan gaplashdik”, dedi u.

Ammo, bu ham yetarli bo‘lmadi. Ijodkorkar davlat xavfsizlik agentligi mutaxassislaridan yordam so‘radilar, dedi Merkeyev.

MXQ xodimlari terrorchi qahramonlarni qanday tasvirlash borasida maslahat beribgina qolmay, balki ijodkorlarni uskuna va maxsus kiyimlar bilan ham ta’minladilar, dedi u.

Radikallarning “sarosimali hayotini” tasvirlab

KTK telekanali rejadagi serial haqida 24-yanvar kuni e’lon qildi. Serial treyleri telekanal veb-sahifasiga joylangan.

37 yoshli olmaotalik Muratxon Ileuov treylerni ko‘rgan va endi filmni tomosha qilish istagida.

“Bu juda qiziqarli. Men serialdan ko‘ra ko‘proq to‘liq metrajli filmni ko‘rishni istardim”, dedi u Karvonsaroy nashriga . “Ammo, umuman olib qaraganda, qozog‘istonlik film ijodkorlari bunday teleserial ishlashni boshlaganlarini ma’qullayman.”

Jamiyatning radikallashuviga qarshi kurash telemahsulot ishlab chiqarish uchun ajoyib g‘oya, deydi Ostonadagi Xalqaro madaniyat va dinlar markazi rahbari Aydar Abuov Karvonsaroy nashriga.

“Tomoshabinlarga ekstremizmning diniy parda ortidagi oddiy fashizm ekanligini ko‘rsatish muhim”, dedi u. “O‘ylab topilgan qahramonlar yordamida film ijodkorlari yoshlarga radikallarning yovvoyi hayotini ko‘rsatadilar. Terrorchilaring buni yashirish uchun Islomdan foydalanayotganliklari ularni dindan yanada uzoqlashtiradi.”

Terrorchilikda gumonlangan shaxslarning qo‘lga olinishi haqidagi oddiy ikki daqiqali xabarlardan farqli o‘laroq, teleserial terrorchilar hayoti va ularning qanday qilib radikallashib qolganini tasvirlab beradi, deydi Abuov.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar

* Majburiy
Captcha