Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-05-29 | Iqtisodiyot

Iqtisodchilar: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining va’da qilingan manfaatlari ro‘yobga chiqmadi

Sanasi noma’lum suratda YOIIga a’zo davlatlar bayroqlari ko‘rsatilgan. (YOII)

Arman Kaliyev

OLMAOTA – Kuzatuvchilarga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) qo‘shilish natijasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida bir qator iqtisodiy, geosiyosiy va hatto ijtimoiy muammolar yuzaga kelgan.

YII 2015-yilda tashkil topgan mintaqaviy iqtisodiy blok bo‘lib, u bir nechta sobiq sovet davlatlari – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armanistonni o‘z ichiga oladi. Tashkilotga raislik qilish navbati ayni damda Rossiyaga tegishli.

Bu sobiq sovet davlatlarining tarqab ketishini bartaraf etish maqsadida Rossiya tomonidan tashkil etilgan xavfsizlik yoki iqtisodiy ittifoqlardan biridir. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti – shular jumlasidan.

YIIga a’zo davlatlarning rahbarlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Tigran Sargsyan (chapdan oxirgi) “oilaviy surat”ga tushmoqdalar, Sochi, Rossiya, 14-may. (YII)

YOIIga a’zo davlatlar orasida erkin tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi aylanmasi hamda umumiy bojxona chegarasi mavjud.

Kelishuvga ko‘ra, ittifoq a’zolari raqobatbardoshlikni oshirish va samarali rivojlanish uchun bilvosita Rossiya roziligini talab qiluvchi yagona iqtisodiy siyosat yuritishlari kerak bo‘ladi.

Ammo, iqtisodchilarning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqning Markaziy Osiyo davlatlari uchun va’da qilingan manfaatlari ro‘yobga chiqmagan.

Qozog‘iston: narx-navo va aksilrossiya kayfiyatining o‘sishi

2015-yili Qozog‘iston blokka qo‘shilishidan avval, olmaotalik iqtisodchi Denis Krivosheyev shartnomaning imzolanishi “nafaqat (Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi) munosabatlarning yomonlashuvi, balki ichki ijtimoiy qarama-qarshiliklarga sabab boladi”, deb ogohlantirgan edi.

Uning inflyatsiya haqidagi bashoratlari o‘sha yilning o‘zida, Rossiyaning rublni qo‘llab-quvvatlashiga oid sa’y-harakatlari natijasida Qozog‘istonda Rossiya mahsulotlari narxining oshishi bilan o‘z tasdig‘ini topdi, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Qozog‘istonning Rossiyaga bog‘lanib qolishi boshqa oqibatlarga ham olib keldi: Qrimning noqonuniy qo‘shib olinishi sababli Rossiyaga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalar Qozog‘istonga ham ta’sir ko‘rsatdi, deydi Krivosheyev.

Natijada, Qozog‘iston “jahon hamjamiyatining e’tiboridan chetda qoldi”, dedi u. “Qozog‘iston YOII bo‘yicha hamkori Rossiyadan uzoqlashishga harchand urinmasin, bu rishtani uzib keta olmaydi.”

Bundan tashqari, Qozog‘istonning darg‘azab elitasi orasida Rossiyaga qarshi kayfiyat kuchayib bormoqda, dedi u.

Qozog‘iston sovet ittifoqidan qolgan, tanish savdo yo‘llari orqali eksport qilish imkoniyatini boy berishi ma’lum bo‘lsa-da, mamlakat ichkarisida Qozog‘istonning Ittifoqdan chiqishiga oid chaqiriqlar kuchayib bormoqda.

Qirg‘iziston: Rossiyaga tobelikning kuchayishi

YIIga qo‘shilish Qirg‘izistonga ham og‘ir zarba berdi, dedi qirg‘izistonlik iqtisodchi, Bishkekdagi GTS konsalting korxonasi rahbari Iskender Sharsheyev.

YOIIga tegishli bo‘lmagan mahsulotlarga qo‘shimcha soliq solinishiga oid YOII qoidalari natijasida Qirg‘iziston iqtisodi Xitoy tovarlarini reeksport qilishdek foydali biznesidan ayrildi, dedi u.

Savdoning ushbu turida muvaffaqiyatli ishlayotgan korxonalar inqirozga uchradi, dedi u.

“Hisob-kitoblarimga ko‘ra, Qirg‘izistonda don, qandolatchilik yoki alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi har beshta korxonadan bittasi yopilgan” , dedi u Karvonsaroy nashriga.

Bir vaqtning o‘zida, mahalliy bozorlar qirg‘iz mahsulotlaridan arzonroq, Rossiyadan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan sifatsiz rus tovarlari bilan to‘ldi, dedi u.

Xitoydan reeksport biznesi ulushining kamayishi ortidan Qirg‘iziston Rossiyadagi mehnat migrantlari yuboradigan mablag‘ga yanada qaramroq bo‘lib qoldi, deb xabar bergan edi EurasiaNet o‘tgan yilning dekabr oyida.

2017-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Rossiyadagi qirg‘iz migrantlari vatanlariga 1,6 milliard AQSH dollari (109,2 milliard qirg‘iz so‘mi) jo‘natgan, bu 2016-yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda 320 million AQSH dollariga (21,8 milliard qirg‘iz so‘mi) ko‘p.

Rossiya o‘z foydasini ko‘zlaydi

“YOII faqat Rossiya uchun manfaatli”, dedi Sharsheyev. “Zaif iqtisodga ega kichik davlarning “katta og‘aga” ko‘proq tovar sotish umidi o‘zini oqlamadi.”

Uning aytishicha, “qirg‘izistonliklar inqirozni boshdan kechirmoqdalar, sababi inflyatsiya daromadlarni yo‘qqa chiqarmoqda, iqtisodning barqarorlik zaxirasi esa tugab boryapti.”

“Biroq, qirg‘izistonliklar Rossiya bilan hamkorlik emas, balki buning aksi sababli kun kechirib, o‘z muammolarini hal qilmoqdalar”, dedi u.

YOIIga qo‘shilganidan so‘ng, Qirg‘iziston boshqa ko‘ngilsizliklarga ham duch keldi. Jumladan, gidroenergetika sohasidagi strategik loyiha barbod bo‘ldi.

Kreml Qirg‘izistonning YOIIga qo‘shilishidan avval Jalolobod viloyatidagi “Qambar ota-1” gidroelektrostansiyasining qurilishini moliyalashtirishga va’da bergan edi, ammo kelishuvni bajarmadi. Bu loyiha Qirg‘izistonning energetika xavfsizligiga erishishida muhim ahamiyatga ega edi.

Globallashuvga nazar

Sharsheyevning taxminicha, bu ketishda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi uzoqqa bormaydi.

“Tashkilot qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi ham mumkin”, deydi u. “Katta ehtimol bilan, u faoliyat turini o‘zgartiradi. Unga a’zo davlatlar, jumladan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston esa globallashuvga e’tibor qaratishlari va o‘zlari uchun jahon bozorlarini ochishlari kerak bo‘ladi”.

Qozog‘iston ham xuddi shunday noqulay vaziyatda qolmoqda.

Qozog‘iston uchun Rossiya bilan savdo qilish “manfaatli emas”, dedi juma kuni 365info.kz yangiliklar saytiga bergan intervyusida olmaotalik iqtisodchi Petr Svoik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston YI bilan o‘zaro savdo balansida ijobiy saldoga ega. Qozog‘iston eksport qilayotgan xomashyoning to‘rtdan uch qismi Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda, ayni vaqtda u yerdan juda oz miqdorda qimmat mahsulotlar import qilinadi.

“Biroq, Rossiya bilan savdo balansimizda 10 mlrd. dollarlik (3,3 trld. tengelik) kamomad bor. Xomashyo eksporti hajmi kam (Rossiyaning o‘zida yetarli), Rossiyadan import hajmi esa (tovar aylanmasida) hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi”, dedi Svoik.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 11

Fikrlar

* Majburiy
Captcha