Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rasmiylarga koʻra, Qozogʻistondagi minglab obyektlar terror tahdididan himoyalanmagan

Karvonsaroy

Taraz temiryoʻl stansiyasida yoʻlovchilarni kuzatayotgan politsiya xodimlari, 2017-yil 27-yanvar. Qozogʻistonning 10 mingga yaqin obyekti terrorizm tahdididan munosib darajada himoyalanmagan, deb xabar bergan 11-dekabr kuni qozoq rasmiylari.

Taraz temiryoʻl stansiyasida yoʻlovchilarni kuzatayotgan politsiya xodimlari, 2017-yil 27-yanvar. Qozogʻistonning 10 mingga yaqin obyekti terrorizm tahdididan munosib darajada himoyalanmagan, deb xabar bergan 11-dekabr kuni qozoq rasmiylari.

NUR-SULTON – Qozogʻistondagi 3500 dan ortiq taʼlim, madaniy va tibbiy binolar ehtimoliy terror xurujlaridan zarur darajada himoyalanmagan, deb xabar beradi Vlast.kz chorshanba (11-dekabr) kuni.

Parlament quyi palatasi (Majilis) spikeri Nurlan Nigmatulin Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) xulosalarini bayon qilar ekan, shunday bayonot bilan chiqqan.

Mablagʻ yetishmovchi sababli xavfsizlik sust darajada qolmoqda, deb aytgan Nigmatulin Vlast.kz xabariga koʻra.

Bu muammoni hal qilish maqsadida, 1-yanvardan boshlab, Qozogʻistondagi mahalliy hokimliklarga obyektlarni himoya qilish uchun ajratilgan mablagʻlarni boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltirish taqiqlanadi, dedi bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va moliya vaziri Alixon Smailov.

Terrorizmga qarshi kurashga oid milliy qonunga koʻra, politsiya mamlakatdagi obyektlarning ehtimoliy terror tahdidlaridan qay darajada himoyalanganini baholash maqsadida ularni har yili kamida bir marta tekshiruvdan oʻtkazadi, deya xabar bergan edi Karvonsaroy.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500