Karvonsaroy
Xavfsizlik

Moskvada tinchlik muzokaralarining navbatdagi bosqichi boshlanar ekan, Rossiyaning maqsadlari soʻroq ostiga olinmoqda

Karvonsaroy va AFP

17-mart kuni Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla (markazda) boshchiligidagi bir qator afgʻon siyosatchilari Kobuldan Moskvaga joʻnab ketishdi. [Abdulloh Abdulloh]

17-mart kuni Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla (markazda) boshchiligidagi bir qator afgʻon siyosatchilari Kobuldan Moskvaga joʻnab ketishdi. [Abdulloh Abdulloh]

KOBUL – Payshanba (18-mart) kuni Moskvada Afgʻoniston hukumati va Tolibon vakillari oʻrtasida davom etayotgan tinchlik jarayoni doirasida uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalangan, ammo kuzatuvchilar Rossiyaning bu tashabbusiga shubha bilan qaramoqdalar.

Kreml omma oldida Afgʻonistondagi tinchlik muzokaralarini qoʻllab-quvvatlashini daʼvo qilsa-da, uning asl maqsadlari nomaʼlum.

Oʻtgan bir necha yillar davomida Rossiyaning Afgʻonistondagi faolligi, ayniqsa Tolibonlarni qoʻllab-quvvatlashi kuchayib bormoqda. Kreml “Islom davlati”ning mintaqadagi faolligiga qarshi kurash va Tolibonlarni Afgʻoniston hukumati bilan muzokaraga undash uchungina guruh bilan aloqada ekanligini daʼvo qiladi.

Ammo, Kreml afgʻon xalqi toʻlagan tovondan qatʼiy nazar, Sovuq urush davrida sobiq Sovet Ittifoqining Afgʻonistondagi sharmandali magʻlubiyatidan oʻch olish niyatida ekanligi sir emas.

21-fevral kuni politsiyachilar Kobulda kamida ikki kishini halok qilgan va besh kishi jarohatlagan portlash joyiga yetib kelishgan. [AFP]

21-fevral kuni politsiyachilar Kobulda kamida ikki kishini halok qilgan va besh kishi jarohatlagan portlash joyiga yetib kelishgan. [AFP]

Vladimir Putin yetakchiligidagi Rossiya rejimi Tolibonlarni qonuniylashtirish maqsadida bir necha yillardan beri ularni ham diplomatik, ham siyosiy tomondan dastaklab kelgan, shuningdek, guruhni harbiy jihatdan kuchaytirish niyatida uni qurollar va moliyaviy yordam bilan taʼminlagan.

Shubhali diplomatiya tarixi

Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri dushanba kuni Moskvada uchrashuv boʻlishi va aprel oyida Turkiyada oʻtkaziladigan tinchlik anjumani “Doxada oʻtkazilajak tinchlik muzokaralari oʻrnini bosmay, balki unga qoʻshimcha” ekanligini aytgan.

Tolibonlar harakat asoschilaridan biri Mulla Abdul Gʻani Barodar yetakchiligidagi delegatsiya bilan Moskvadagi muzokarada qatnashishlarini tasdiqlaganlar.

Oʻtmishda Tolibonlar tomonidan Rossiyaga amalga oshirilgan safarlar faqat Tolibon yetakchilariga suratga tushish imkonini bergan, xolos.

Rossiya rejimi Tolibon yetakchilari va boshqa afgʻonistonlik manfaatdor tomonlarga bir necha bor, jumladan 28-yanvar kuni afgʻonlarning gʻazabiga sabab boʻlgan uchrashuvga mezbonlik qilgan.

Yanvar oyida Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvdan keyin Afgʻonistonlik namoyishchilar Tolibonlarni begunoh afgʻonlarni oʻldirishda davom etayotganlari uchun tanqid qilishgan bir vaqtda Tolibon siyosiy yetakchilari Moskva va Tehrondagi hashamatli mehmonxonalarda rohatlanib dam olishgan.

Hirotlik Sodiq Islomyorning soʻzlariga koʻra, Tolibonlar urushga barham berish uchun afgʻonlar bilan muzokara oʻtkazish oʻrniga, keyingi buyruqlarni olish uchun ularni qoʻllovchi mamlakatlarga borishgan.

Shuningdek, Rossiya Tolibonlarni 2019-yil fevral oyidagi tinchlik muzokaralariga taklif qilgan. Bu muzokaraga afgʻon hukumati vakillari chaqirilmagan.

2018-yil noyabrda boʻlib oʻtgan “tinchlik anjumani” afgʻon hukumati va Tolibonlar oʻrtasidagi muzokaralarga rasmiy tus bera olmadi, aksincha Tolibon boʻlinmalari oʻrtasidagi ayirmachilik va Rossiyaning Afgʻoniston ishlariga aralashuvi bilan bogʻliq holatlarni yuzaga chiqardi.

Shu bilan birga, Moskva Suriyada davom etayotgan fuqarolar urushiga yechim topishga qaratilgan bir qator yuzaki diplomatik anjumanlarni oʻtkazishga harakat qilgan. Urush yuz minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlib, millionlab suriyaliklarga azob-uqubat keltirdi, ammo Rossiyaning har qanday tinchlikparvar harakatlari samarasiz boʻldi. Rossiya oʻz milliy manfaatlarini koʻzlab, Suriyada bir necha yil qolib ketdi, suriyaliklar esa nizoning ogʻir yukini koʻtarishda davom etmoqdalar.

Afgʻonistonda davom etayotgan zoʻravonlik

Rossiyaning siyosiy va moddiy koʻmagi eng yaxshi holatda Tolibonga butun Afgʻoniston boʻylab shu kungacha minglab tinch aholining halok boʻlishi yoki jarohatlanishiga olib kelgan zoʻravonlik hujumlarini bilvosita davom ettirish imkonini beradi.

Eng yomoni, Moskva toliblarning asossiz zoʻravonligi va vahshiyliklarini qasddan va faol himoya qilayotgan boʻlishi mumkin.

Har qanday holatda ham, soʻnggi oylarda chet elning koʻmagi bilan Tolibonning noqonuniy faoliyati va hujumlari avj olgan, garchi Afgʻoniston hukumati va xalqaro hamjamiyat jangarilar bilan tinchlik bitim tuzishga harakat qilayotgan boʻlsa ham.

Soʻnggi zoʻravonliklardan biri seshanba kuni yuz bergan – qurollangan jangarilari Pul-Xumridagi Bagʻlon universiteti talabalari va oʻqituvchilari ketayotgan avtobusga qarata oʻt ochganlar.

“Talabalardan biri va haydovchi halok boʻldi, olti nafar oʻqituvchi jarohatlandi”, dedi universitet dekani Abdul Qodir Mahan.

Dushanba kuni Kobulda kechki tigʻiz vaqtda Afgʻoniston hukumat idoralari xodimlarini olib ketayotgan avtobusning bombalanishi oqibatida besh ayol va bitta yosh bola halok boʻlgan, 17 kishi yaralangan.

Portlash avtobusning yon tomoniga oʻrnatilgan “yopishqoq bomba” tufayli yuz bergan boʻlishi mumkin, dedi telekommunikatsiyalar vazirligi vakili Nasratullo Nosiriy.

Politsiyaga koʻra, yakshanba kuni Kobulda ikkita transport vositasi portlagan, natijada uch kishi halok boʻldi va oʻndan ziyodi jarohatlandi.

Juma kuni esa Hirot shahrida bomba yuklangan avtomashina portlashi kamida sakkiz kishini oʻldirgan va 47 kishini jarohatlagan.

Soat taxminan 22:00 da politsiya idorasi oldida yuz bergan portlash oʻnlab uylar va doʻkonlarga shikast yetkazdi, dedi Hirot viloyati hokimining matbuot kotibi Jiyloniy Farhod.

Oʻlganlar orasida ayollar, bolalar va xavfsizlik xizmati xodimlari boʻlgan, dedi u.

Prezident Ashraf Gʻani Hirotdagi portlashda tolibonlarni aybladi.

Tolibonlar “oʻzlarining noqonuniy urushlarini va xalqimizga qarshi zoʻravonlikni davom ettirdilar” hamda yana bir bor “joriy nizoni tinchlik yoʻli bilan hal qilish niyatida emasliklarini koʻrsatdilar”, deyiladi bayonotda.

Tolibonlar juma kungi portlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan. Yaqinda sodir etilgan boshqa terrorchilik hujumlarini ham hech bir guruh oʻz boʻyniga olganicha yoʻq.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaga ishonib boʻlmaydi

Javob berish