Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Ukrainalik isyonchilar tarafidan urib tushirilgan MH17 reysi qurbonlarining yaqinlari hodisada Rossiyani ayblamoqda

Karvonsaroy va AFP

Sudyalar hayʼati raisi Xendrik Stenxeys (oʻngda) 26-may kuni Gollandiyaning Gilze-Riyyen harbiy havo bazasida Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qarashli MH17 samolyotining qayta tiklangan qoldiqlarini koʻzdan kechirish jarayonida boshqa sudyalar va advokatlarga qoʻli bilan ishora qilmoqda. Sudyalar toʻrt gumonlanuvchining sud jarayoni doirasida MH17 reysi qoldiqlarini oʻrganib chiqqanlar. [Piter Dejong/Pool/AFP]

Sudyalar hayʼati raisi Xendrik Stenxeys (oʻngda) 26-may kuni Gollandiyaning Gilze-Riyyen harbiy havo bazasida Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qarashli MH17 samolyotining qayta tiklangan qoldiqlarini koʻzdan kechirish jarayonida boshqa sudyalar va advokatlarga qoʻli bilan ishora qilmoqda. Sudyalar toʻrt gumonlanuvchining sud jarayoni doirasida MH17 reysi qoldiqlarini oʻrganib chiqqanlar. [Piter Dejong/Pool/AFP]

HAAGA, Gollandiya – 2014-yilda Ukraina osmonida MH17 reysi bilan uchayotgan samolyotning yerga qulashi oqibatida halok boʻlgan 298 kishining jabrdiyda oilallari Rossiyadan adolat talab qilib, Gollandiya sudida toʻrt nafar gumonlanuvchi ustidan guvohlik berdilar.

2014-yilning 17-iyul kuni Malaysia Airlines samolyotining qulashi oqibatida farzandlari, ota-onasi va aka-ukalarini yoʻqotgan odamlar, aybdorlar javobgarlikka tortilmaguncha, yaqinlari bilan rosmana vidolasha olmasliklarini aytganlar.

Xalqaro tergovchilarning aytishicha, Boeing 777 samolyoti moskvaparast isyonchilar nazoratidagi Ukraina sharqidan uchirilgan, Rossiya ishlab chiqargan raketa yordamida urib tushirgan, biroq Rossiya bunga aloqadorligini rad etmoqda.

Iyul oyida Yevropa Ittifoqining dezinformatsiyaga qarshi “EU vs Disinfo” sayti “Kreml dezinformatsiya mashinasining eng mudhish yetti yolgʻonli” roʻyxatini tuzgan.

Qurbonlar qarindoshlarining matbuot kotibi Ria van der Stin (oʻrtada) Ukraina osmonida Malayziya aviakompaniyasining MH17 samolyotining urib tushirilishiga (bortidagi 298 kishining barchasi halok boʻlgan) oid sud jarayonida qatnashish uchun Gollandiyaning Badxevedorp shahridagi Sxipxol sud binosiga kirib kelmoqda, 6-sentyabr. [Koen van Vil/ANP/AFP]

Qurbonlar qarindoshlarining matbuot kotibi Ria van der Stin (oʻrtada) Ukraina osmonida Malayziya aviakompaniyasining MH17 samolyotining urib tushirilishiga (bortidagi 298 kishining barchasi halok boʻlgan) oid sud jarayonida qatnashish uchun Gollandiyaning Badxevedorp shahridagi Sxipxol sud binosiga kirib kelmoqda, 6-sentyabr. [Koen van Vil/ANP/AFP]

Inkor etib boʻlmas dalillar

2014-yilda Rossiya kuchlari va yollanma askarlari koʻmagida Ukraina sharqiga hujum qilgan isyonchilarga qarshi rad etib boʻlmas dalillar talaygina.

Tergovchilarning aniqlashicha, samolyotni yoʻq qilish uchun ishlatilgan raketa Rossiyaning “Buk” zenit-raketa majmuasidan uchirilgan. Bu haqida AQSH Atlantika kengashi tahlil markazi va boshqa koʻplab manbalar xabar bergan.

Aynan shu “Buk” moslamasi Rossiya armiyasining Kursk shahrida joylashgan 53 raqamli zenit-raketa brigadasiga tegishli boʻlgan. 2018-yilda tergovchilar sunʼiy yoʻldosh tasvirlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan fotosuratga asoslanib shunday xulosaga kelganlar.

Eng dahshatlisi, ayirmachilar qoʻmondoni Igor Girkin yoki uning ishonchli vakili samolyot bilan radioaloqa uzilganidan 1 yarim soat oʻtib, “VKontakte” ijtimoiy tarmogʻida maqtanganicha “Biz AN-26 samolyotini urib tushirdik”, deb yozgan. The New Yorker xabariga koʻra, oʻshanda isyonchilar Ukrainaga tegishli harbiy yuk samolyotini urib tushirdik, deb oʻylashgan.

Garkin bu yozuvni zudlik bilan oʻchirib tashlagan boʻlsa-da, AQSHning notijorat internet-arxivi uni Wayback Machine saytida kelajak uchun saqlab qolgan.

Jabrdiyda oilalarning nafrati

Otasi Jan va oʻgay onasi Nelldan ayrilgan Ria van der Stin dedi: “Ular yolgʻon soʻzlamoqda, biz ularning yolgʻon gapirayotganini bilamiz va ular yolgʻon soʻzlayotganliklarini bilishimizdan xabardor”.

“Qalbim qasos, nafrat, gʻazab va qoʻrquv tuygʻulari bilan toʻlgan”, dedi birinchi boʻlib guvohlik bergan Van der Stin.

“Bilaman, ular halok boʻlishgan, men ularni boshqa koʻrmayman, lekin men, albatta, ularning oʻlimi uchun javobgar boʻlganlar qilmishlari uchun aybdor deb topilmagunicha, ular bilan rosmana vidolasha olmayman.”

Van der Stin halokatdan soʻng otasini izlab, vayronalar boʻylab yurayotganini takror-takror koʻrayotgan dahshatli tushlari haqida gapirgan.

“Oxir-oqibat uni topar ekanman, unga oʻlganini aytishim kerak boʻladi, keyin yigʻlab uygʻonaman”, deydi u.

Mashʼum samolyotda Yevropadagi taʼtildan qaytayotgan ota-onasi Albert va Marini yoʻqotgan avstraliyalik Vanessa Rizk jinoyatchilar “jirkanch harakatlari uchun jazoga loyiq” ekanliklarini aytadi.

“Qurbonlar ularning yaqinlari boʻlganida jinoyatchilar oʻzlarini qanday his qilar edi? (Prezident Vladimir) Putin va uning korruptsiyaga botgan Rossiya hukumati bunga qanday javob berarkin?” dedi u Avstraliyadan jonli efirda.

“Sopol kaptar”

Rossiya fuqarolari Girkin (“VKontakte”da maqtangan odam), Oleg Platov, Sergey Dubinskiy va Ukraina fuqarosi Leonid Xarchenko qotillik uchun sirtdan sud qilingan. Faqat Pulatov qonuniy vakiliga ega.

Yaqin kunlarda sudda 90 ga yaqin odam, jumladan, 196 nafar gollandiyalik, shuningdek, Avstraliya va Malayziyalik qurbonlarning qarindoshlari chiqish qilishi kutilmoqda.

Koʻzi jiqqa yoshga toʻlgan Piter van der Meyerning aytishicha, qizlari – 12 yashar Sofi, 10 yoshli Fler, 7 yoshli Bente va rafiqasi Ingridning vafotidan keyin uning uchun “hayot va kelajak” tugaganini aytgan.

“Umid qilamanki, jinoyatchilar bugun men soʻzlab bergan hikoyadan keyin ichlaridagini aytishga ehtiyoj sezadilar, koʻzguga qarab, oʻz farzandlari yoki nabiralariga 2014-yil 17-iyulda qilgan ishlari haqida yolgʻon gapirishmaydi”, dedi u.

Van der Meyerning aytishicha, u qizlarining vafotidan keyin Gollandiyada avliyo Nikolay bayramini nishonlamay qoʻygan. “Bu bolalarning bayrami. Men ortiq uni nishonlashni istamayman. Endi mening farzandlarim yoʻq”, deydi u.

Boshqa bir guvoh, ukasi Erik, kelini Tina va ularning 17 yoshli oʻgʻli Zegerdan ayrilgan Robbert van Xeyningenning aytishicha, jinoyatchilar “osmondagi sopol kabutar kabi himoyasiz fuqarolik samolyotini oʻqqa tutayotganliklarini bilishgan”.

Halokatda Sander Essersning ukasi Piter, uning rafiqasi Jolett Yusink va ularning ikki farzandi – 20 yashar Emma va 17 yashar Valentin ham hayotdan koʻz yumgan. U ukasining parvozdan 20 daqiqa oldin “koʻngli gʻash” holatda qoʻngʻiroq qilganini aytgan.

“Uning bunday holatini jiddiy qabul qilmaganim uchun oʻzimni aybdor sanayman. Shuni oʻylab kechalari uxlolmay chiqaman”, deydi Essers.

Bosh sudya Xendrik Stenxeys sud yakuniy hukmni 2022-yil 22-sentyabrda chiqarishi mumkinligini bayon qilgan, biroq sud hukmi oʻsha yilning noyabr va dekabr oylarida ham chiqarilishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bir tomonlama oʻylamanglar, har yerda igʻvo, har yerda janjal chiqaradigan, hamma ishni ular rejalashtirib, boshqalarni javobgar qilish usta oʻzlarini demokrat tutadigan yuzlari oppoq ichlari koʻmirdan ham qora oʻzi boʻlolmaydigan boʻlganni koʻrolmaydigan yulduzcha va krestiklardan iborat davlatlar ham bor...

Javob berish