Karvonsaroy
Atrof muhit

Yevropa banki Markaziy Osiyodagi sovet davri uran chiqindixonalarini tozalashga yordam beradi

Karvonsaroy

YTTB va uning sheriklari Qirgʻizistonda yadroviy chiqindilarni tozalash ishlarini qoʻllab-quvvatlamoqda. [YTTB]

YTTB va uning sheriklari Qirgʻizistonda yadroviy chiqindilarni tozalash ishlarini qoʻllab-quvvatlamoqda. [YTTB]

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va uning sheriklari Qirgʻizistondagi yadroviy chiqindixonalarni zararsizlantirish ishlariga koʻmaklashishda davom etmoqda. Shu kunga qadar sovet davridan qolgan ikkita uran obyekti tozalangan.

YTTBning 15-sentyabr kungi xabariga koʻra, Norin viloyatining Min-Kush shahrida rejalashtirilgan tozalash ishlarining aksar qismi bajarib boʻlingan. Loyiha shu yilning kuzida - muddatidan ancha oldin yakunlanadi.

Ishchilar radioaktiv qaynoq nuqtalarni yopib, shaxtalarni berkitgan hamda bino va inshootlarni utilizatsiya qilgan.

Oʻzbekiston chegarasi yaqinidagi Jalolobod viloyatining Shekaftar shahrida joylashgan ikkinchi, undan ham kattaroq sinov obʼektidagi ishlar ham jadal surʼatlarda olib borildi.

Ishchilar hududdagi oltita shaxta qudugʻini toʻldirib, yopdilar va boʻsh jinslarni koʻchirib, xavfsiz joyga saqladilar, shuningdek, chiqindilarni xavfsiz utilizatsiya qilgan holda, eski sanoat binolarini buzib tashladilar.

Bu ishlar Qirgʻiziston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonga sovet davridan qolgan uran obyektlaridagi zaharli chiqindilarni tozalashga yordam berish uchun donorlik mablagʻlarini toʻplaydigan Markaziy Osiyo uchun Atrof-muhitni tiklash hisob raqamini (ERA) tomonidan moliyalashtirilmoqda.

2015-yilda Yevropa komissiya tomonidan taʼsis etilgan jamgʻarma 2016-yildan oʻz faoliyatini boshlagan.

Noxush “meros”

Markaziy Osiyo sobiq Sovet ittifoqi davrida uranning asosiy manbai boʻlgan. Konlar 1990-yillarda Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan yopilgan edi, lekin ular yopilishidan oldin ham, keyin ham juda kam tozalash ishlari juda kam olib borilgan.

Bugungi kunda mintaqada yettita xavfli uran chiqindixonasi mavjud boʻlib, ulardan uchtasi Qirgʻizistonda joylashgan.

YeIning 2017-yilgi hisob-kitoblariga koʻra, Markaziy Osiyoda 1 milliard tonnaga yaqin toksik uran chiqindilari bor.

Deyarli himoyalanmagan bu obʼektlarda terrorchilar tomonidan gʻarazli maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan past sifatli uran moddasi qoldiqlari bor. Oʻz vaqtida Tojikiston hukumati mamlakatdagi chiqindixonalarda “qoʻlbola bombalar” ishlab chiqarish uchun kifoya qiladigan darajada uran moddasi borligidan xavotir bildirgan edi.

YTTB Rossiyaning ishtirokisiz oʻz donorlari – Yevropa Ittifoqi, Belgiya, Norvegiya, Shveytsariya va AQSH, shuningdek, hamkori – Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan yadroviy chiqindilarni tozalashda yaqindan hamkorlik qilmoqda, deyiladi bank xabarida.

Atrof-muhim va salomatlikka xatarlar

Min-Kushning (“Ming qush”) aldamchi xushmanzara landshaftida jiddiy ekologik xavflar yashiringan. Yadroviy chiqindilar uning tuprogʻi va suvini ifloslantirsa-da, qishloq qorli muzliklar bilan oʻralgan.

YTTB maʼlumotlariga koʻra, sobiq kondan oqib chiqqan ifloslangan suv oziq-ovqat zanjiriga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki sugʻorish tizimi orqali tushgan boʻlishi xavfi bor.

Iqlim oʻzgarishi ham yogʻingarchilik miqdorining koʻpayishiga olib kelar ekan, koʻchkilar va zaharlanish xavfini oshirgan. Ayni paytda mahalliy daryolar va irmoqlar Oʻrta Osiyoning unumdor qishloq xoʻjaligi markazi Fargʻona vodiysidan oʻtuvchi Sirdaryoga quyiladi.

“Ifloslanish oqibatlari va undan keyingi ekologik, tibbiy va ijtimoiy ofatlar tasavvurga sigʻmas darajada edi”, deyiladi YTTB xabarida.

Mahalliy mutasaddilar YTTBning tozalash ishlaridan mamnun.

“Uran chiqindilaridan xalos boʻlishimiz zarur. Konlar muhrlanishi, chiqindilar esa olib chiqilishi lozim”, deydi Min-Kush shahar kengashi rahbari Kanat Almambetov.

“Ishlar tezroq tugab, Min-Kush turizm rivoji uchun toza va xavfsiz joyga aylanishini istaymiz”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

ISLARINNGGA OMAD TOZALIK SOGLIK GAROVIKU.

Javob berish