Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Rossiya harbiy asirlari Ukrainaga bosqin doirasida tinch aholiga qarshi hujum qilish haqida buyruq olganini tasdiqladi

Xanna Chertova va AFP

Ukrainalik harbiy xizmatchi 21-mart kuni Kiyev shimoli-gʻarbida Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumdan soʻng Kiyevdagi “Retroville” savdo markazi ichidagi vayronalar orasidan oʻtmoqda. Savdo markazining tunda oʻqqa tutilishi oqibatida kamida olti kishi halok boʻldi. Qutqaruvchilar vayronalar orasidan boshqa qurbonlarni izlamoqdalar. [Aris Messinis/AFP]

Ukrainalik harbiy xizmatchi 21-mart kuni Kiyev shimoli-gʻarbida Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumdan soʻng Kiyevdagi “Retroville” savdo markazi ichidagi vayronalar orasidan oʻtmoqda. Savdo markazining tunda oʻqqa tutilishi oqibatida kamida olti kishi halok boʻldi. Qutqaruvchilar vayronalar orasidan boshqa qurbonlarni izlamoqdalar. [Aris Messinis/AFP]

KIYEV – Rossiyalik harbiy asirlari Kremlning Ukrainaga bosqini doirasida harbiy jinoyatlar sodir etganini tasdiqladilar.

Ukraina qoʻshinlari tomonidan asirga olingan uch rossiyalik harbiy 11-mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida ular jangga xuddi toʻp yemidek tashlangani va tinch aholiga qasddan hujum qilish buyrugʻi berilganini aytdi. Garchi koʻplab videodalillar Rossiyaning fuqarolik obʼektlarini nishonga olganini koʻrsatsa-da, bu uchlik harbiy asir sifatida bosim ostida qolgan boʻlishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi (YI) va boshqa Gʻarb mamlakatlari 24-fevral kuni bosqin boshlanganidan beri Rossiya qurolli kuchlarini urush jinoyatlarini amalga oshirayotganlikda ayblab kelmoqda.

YeIning tashqi siyosat boʻyicha rahbari dushanba (21-mart) kuni Rossiya tarafidan Ukrainaning Mariupol port shahriga qilingan hujumni “ulkan urush jinoyati” deb atagan, bir qator aʼzo davlatlar Moskvaning muhim energetika sohasiga qarshi sanktsiyalar joriy etilishini talab qilganlar.

21-mart kuni Kiyev shahridagi “Retroville” savdo markazi va turar joy mavzesiga uyushtirilgan Rossiya hujumidan ortidan osmonga koʻtarilayotgan tutun. [Aris Messinis/AFP]

21-mart kuni Kiyev shahridagi “Retroville” savdo markazi va turar joy mavzesiga uyushtirilgan Rossiya hujumidan ortidan osmonga koʻtarilayotgan tutun. [Aris Messinis/AFP]

Rossiya qurolli kuchlari tomonidan deyarli bir oy davomida bombardimon qilingan port shahrida 350 mingga yaqin kishi suvsiz va elektr quvvatisiz qolib ketgan.

“Ayni damda Mariupolda ulkan urush jinoyati sodir etilmoqda, u yerda hamma narsa vayron qilinmoqda, hammani bombardimon qilib oʻldirishmoqda”, deb aytgan Xosep Borrel Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yigʻilishida.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Ukrainadagi tinch aholining Rossiya tomonidan bombardimon qilinishini qoraladi.

“Qarorni sud chiqaradi, ammo men uchun bu aniq va soʻzsiz urush jinoyati”, deb aytgan u.

“Xalqaro tartibga asoslangan qoidalarga ishonuvchi Yevropa Ittifoqi, jahon hamjamiyati sifatida biz bu rejimni butkul yakkalashimiz zarur ekanligi oydinlashmoqda.”

Dushanba kuni Ukraina Rossiyaning Mariupolni topshirish haqidagi ultimatumiga rad javobini berdi.

Dushanba kuni Kiyev shimoli-gʻarbidagi “Retroville” savdo markazi va turar joy mavzesining portlashi natijasida olti kishi halok boʻlgan, deb xabar beradi AFP.

“Dahshatli buyruq”

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan rossiyalik askarlarga koʻra, ularga atayin tinch aholiga hujum qilish buyurilgan.

5-mart kuni Ukraina qurolli kuchlari Mikolayev viloyatida uch nafar rossiyalik uchuvchini qoʻlga olgan.

Rossiyalik shturman Aleksey Kozlovning 11-mart kuni Kiyevda oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytishicha, unga Ukraina armiyasi umuman layoqatsiz ekani aytilgan va jangga toʻp yemi sifatida tashlangan.

“Qoʻmondonlik Ukrainadagi, xususan Nikolayev viloyatidagi havo hujumidan mudofaa tizimlari haqida xabardor qilmay, bizni jangovar missiyaga joʻnatdi. Shu tariqa ular bizni muqarrar oʻlimga joʻnatdilar ”, dedi Kozlov ukrainalik rasmiylar YouTube tarmogʻiga joylagan videolavhada.

Ayni paytda rossiyalik uchuvchi Maksim Krishtop unga va safdoshlariga tinch aholini ataylab bombardimon qilish buyurilganini oshkora tasdiqlagan.

“Xarkovdagi fuqarolik obʼektlariga qarata ogʻirligi 250 va 500 kg boʻlgan fugasli aviatsiya bombalari qoʻllangan”, dedi u.

“Yoʻq qilish radiusi – 60 metr. Buyruqlarning mudhishligi, jinoiyligi kishini dahshatga soladi. Har qanday holatda ham buyruqni bajarmaslik imkoni bor”.

“Ammo men zaiflik va qoʻrqoqlik qildi va bu buyruqni bajardim. Dahshatli buyruq”, deb tan oldi Krishtop.

11-mart kuni CNN ham uch mahbusdan intervьyu olib, ular siquvga olinmaganini taʼkidladi.

“Bu Ukrainani demilitarizatsiya qilish yoki Ukraina qurolli kuchlarini magʻlub etish uchungina qilinmayapti, balki endi tinch aholi yashaydigan shaharlar ham vayron qilinmoqda ”, dedi Krishtop CNN telekanaliga.

U Mariupol kabi joylarda, jumladan, 9-mart kuni bolalar shifoxonasiga qilingan hujumlardan xabardor ekanini aytgan.

“Bu Ukrainani demilitarizatsiya qilish yoki Ukraina qurolli kuchlarini magʻlub etish uchungina qilinmayapti, balki endi tinch aholi yashaydigan shaharlar ham vayron qilinmoqda ”, dedi Krishtop CNN telekanaliga.

“Bu neonatsizm, neofashizmning eng buzuq... koʻrinishi. Bunday narsa kimning xayoliga kelishi mumkin?”

“Aslida kimni va nimani bombalashni biz hal qilmaymiz. Bu buyruq”, deydi Kozlov.

Bunday matbuot anjumanlari inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning gʻazabini qoʻzgʻagan. “Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasi (XQXQ) tomoshabinlar yoki oʻquvchilarga mahbuslarning shaxsini aniqlash imkonini beradigan har qanday material oshkor qilinmasligi, chop etilmasligi yoki efirga uzatilmasligi kerakligini aniq taʼkidladi”, deb bayonot bergan Human Rights Watch oʻtgan haftadagi bayonotida.

“Axborot diktaturasi”

Rossiyalik harbiy asirlarning iqrorlari Rossiyada soʻz erkinligiga nisbatan mislsiz tazyiqlar kuzatilayotgan bir paytda yangramoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4-mart kuni Rossiya armiyasi haqidagi “soxta xabarlar” uchun 15 yilgacha qamoq jazosini koʻzda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.

Qonun loyihasida qurolli kuchlar haqida “qasddan yolgʻon maʼlumot” tarqatganlar uchun turli muddatdagi qamoq jazolari va jarimalar, tarqatish ogʻir oqibatlarga olib keladigan boʻlsa, yanada qatʼiyroq jazolar belgilangan.

Rossiya ommaviy axborot vositalariga bosqinni “maxsus harbiy operatsiya” deb ataydigan rasmiy manbalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarnigina tarqatishga buyruq berilgan.

Ayni paytda davlat nazoratidagi teleradiokompaniyalar hukumatning Ukrainadagi millatchilik va Moskvaning Ukraina askarlari tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani haqidagi iddaolarini kuchaytirgan.

“Litigation Group” advokatlik uyushmasining hamkori, kiyevlik Yuriy Demchenkoga koʻra, yangi qonun bevosita asosiy inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha Yevropa konventsiyasini buzadi.

“Ushbu konventsiyada 10-modda bor – Fikrni ifodalash erkinligi. Mohiyatan, jurnalistika butunicha shu tamoyilga asoslanadi. Rossiya parlamenti aʼzolari moddaning ikkinchi qismiga tayanmoqda, unda soʻz erkinligi milliy xavfsizlik maqsadida cheklanishi mumkin”, dedi u Karvonsaroyga.

“Ushbu qonunga koʻra, Rossiya davlat Dumasi va mudofaa vazirligining rasmiy pozitsiyasiga toʻgʻri kelmaydigan har qanday maʼlumot soxta hisoblanadi”, deb qoʻshimcha qildi u. “ Bugungi jamiyatda bu bemaʼnilik . Hozirgacha bunday qonun faqat Shimoliy Koreya va qisman Xitoyda qoʻllanilgan”.

“Rossiya borgan sayin Sovet Ittifoqiga oʻxshab bormoqda”, dedi Jahon siyosati instituti tahlil markazi direktori, kiyevlik Yevgeniy Magda Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Endi Rossiya hukumati oʻzining ichki internetini oʻylab topib, temir pardani butkul yopadi”, dedi Magda.

Magdaning ishonchi komilki, yaqin orada Kreml rossiyalik askarlarning onalarini, xuddi sakkiz yil avval Ilovaysk va Debaltsevo yaqinidagi janglardan soʻng, Rossiya armiyasi Ukraina boʻlinmalari bilan toʻqnash kelganida boʻlgani kabi sukut saqlashga majburlaydi.

“Oʻshanda ular [Rossiya rasmiylari] halok boʻlgan rossiyalik askarlarning qarindoshlariga turli tovon pullarini toʻlab, pul bilan ovozini oʻchirishga harakat qilgan. Agar bu ish bermasa, tahdid qilishlari mumkin”, deydi Magda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan bu maʼlumotlarga ishonish oʻzini hurmat qilmaslikdir. Bu saytning oʻzida shunday deyilgan – turgan-bitgani AQSH tashviqoti.

Javob berish

“Astoydi ishonaman” :)) Bu sayt haqidagi maʼlumotlarda “Karvonsaroy AQSH Birlashgan Qurolli kuchlari qoʻmondonligi USCENTCOM homiylik qiladigan veb-sayt” deb aniq-tiniq yozib qoʻyilgan boʻlsa.

Javob berish

Musiqani pulini toʻlagan odam buyurtiradi.

Javob berish

Badbashara ijrodagi Rossiya fashizmi.

Javob berish

Va bu fashist Rossiya tomonidan sodir etilgan genotsid va urush jinoyatlari demakdir.

Javob berish