Karvonsaroy
Xavfsizlik

Oʻzbekistonlik kuzatuvchilar AQSH va Gʻarb bilan harbiy hamkorlikka chaqirmoqda

Rustam Temirov

Oʻtgan yilning 10-iyul kuni Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegarasini kuzatayotgan oʻzbek chegarachisi. [Abror Qurbonmuratov]

Oʻtgan yilning 10-iyul kuni Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegarasini kuzatayotgan oʻzbek chegarachisi. [Abror Qurbonmuratov]

TOSHKENT – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Oʻzbekiston Gʻarb, jumladan, AQSH bilan harbiy aloqalarni yanada mustahkamlashi kerak, deydi oʻzbek kuzatuvchilari.

“Ukrainadagi hozirgi vaziyat Oʻzbekiston adolatsiz, imperialistik va tajovuzkor siyosatidan voz kecha olmaydigan Rossiyaga tayanmasligi kerakligini koʻrsatmoqda”, deydi AQSHda yashovchi oʻzbekistonlik tahlilchi Nigora Hidoyatova.

“Bunday vaziyatda biz rivojlangan Gʻarb davlatlari, asosan AQSH yordamiga eʼtibor qaratishimiz kerak”, dedi u.

Kanadada yashovchi jurnalist Ulugʻbek Haydarovning fikricha, Rossiyada Vladimir Putin hokimiyat tepasida ekan, Oʻzbekiston AQSH bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishi kerak.

20-aprel kuni AQSH Oʻzbekiston chegara qoʻshinlariga 50 ta Toyota avtomobilini hadya qildi. [Toshkentdagi AQSH elchixonasi]

20-aprel kuni AQSH Oʻzbekiston chegara qoʻshinlariga 50 ta Toyota avtomobilini hadya qildi. [Toshkentdagi AQSH elchixonasi]

Oʻtgan yilning 10-iyul kuni Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegarasini kuzatayotgan oʻzbek chegarachilari. [Abror Qurbonmuratov]

Oʻtgan yilning 10-iyul kuni Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegarasini kuzatayotgan oʻzbek chegarachilari. [Abror Qurbonmuratov]

“Toshkent va Vashingtonning yaqinligi Kremlni gʻazabga solishi haqiqat. Lekin Oʻzbekiston KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) aʼzosi emas, bu esa unga AQSH va NATOga aʼzo davlatlar bilan yaqin aloqada boʻlishga imkon beradi”, dedi u.

2012-yilda KXSHTni tark etgan Oʻzbekiston Rossiya yetakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YOIH yoki YOII) kuzatuvchi maqomiga ega.

Toshkent fevral oyida Rossiya bosqini boshlanganidan beri undan uzoqlashayotganini anglatuvchi bayonotlar bilan chiqqan.

Oʻzbekiston vaziyatga tinch yechim topish va mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal qilish tarafdori, deb bayonot bergan oʻsha paytdagi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-mart kuni Oʻzbekiston senatida.

Buning uchun eng avvalo urush va zoʻravonlik zudlik bilan toʻxtatilishi lozim, deb qoʻshimcha qilgan u.

“Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmaganmiz”, dedi u Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga toʻlaqonli bosqin boshlashidan bir necha kun avval mustaqil deb tan olgan Ukraina sharqidagi ikki boʻlginchi mintaqaga (LXR va DXR) ishora qilib, deb yozadi Kun.uz.

“Ajralmas hamkorlar”

Oʻtgan oy AQSH Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tarkibiga kiruvchi Chegara qoʻshinlariga 50 ta Toyota avtomobilini hadya qilgan edi.

AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum 20-aprel kuni boʻlib oʻtgan tantanali marosimda qiymati 2,25 million dollarlik Hilux pikaplari va Fortuner sport avtomobillarini topshirdi, deyiladi elchixona bayonotida.

Ushbu transport vositalari AQSH davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamgʻarmasi doirasida sovgʻa qilingan.

“2001-yilda AQSH va Oʻzbekiston ilk bor mudofaa sohasi va qurollar tarqalishining oldini olish toʻgʻrisidagi bitimni imzolaganidan buyon mamlakatlarimiz yadroviy, biologik, kimyoviy va radiologik materiallar tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, chegara xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha toʻla huquqli sherik boʻlib kelmoqda”, dedi Rozenblum marosimda.

27-yanvar kuni Pentagon amerikalik mudofaa pudratchisi AeroVironment bilan Oʻzbekistonga Puma 3 AE dronlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzganini eʼlon qildi, deb xabar beradi Shepard Media 1-fevral kuni.

8,54 million dollarlik shartnoma noyabrgacha tugallanishi kerak.

Rasmiy raqamlar eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, har bir dronning narxi 225 ming AQSH dollari ekani inobatga olinsa, Oʻzbekiston taxminan 38 dona qurilma olishi mumkin.

Puma 3 AE razvedka maqsadlariga moʻljallangan uchuvchisiz uchar qurilma boʻlib, kechayu kunduz yuqori aniqlikdagi tasvirni uzata oladi. Dronning parvoz vaqti taxminan 2,5 soatni tashkil qiladi va 20–60 km masofani bosib oʻta oladi.

“Mantiqiy” hamkorlik

Toshkentlik siyosatshunos Farhod Mirzaboyevga koʻra, bunday hamkorlikni tabiiy va mantiqiy deyish mumkin.

“50 ta maxsus avtomashinaning oʻzbek chegarachilariga berilgani chegara xavfsizligini oʻrganuvchi mustaqil siyosatshunos sifatida meni chinakam quvontiradi”, deydi u.

“Oʻylaymanki, harbiy-texnikaviy hamkorlik faqat oʻsishi kerak”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Agar AQSH va boshqa Gʻarb davlatlari haqiqatan ham Oʻzbekistonga oʻz harbiy texnologiyalaridan hatto pullik asosda foydalanish imkoniyatini taqdim etsa, bu mamlakatimizning mudofaa qobiliyati hamda mintaqadagi barqarorlikni yanada mustahkamlaydi”, dedi Mirzaboyev.

Ukraina qurolli kuchlari har kuni Amerika qurolining ustunligi va qudratini namoyish etmoqda, deya taʼkidladi u Rossiya bosqini paytida Ukrainaga yetkazib berilgan qurollarni nazarda tutib.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kuchli yoki oʻz mintaqamizdagi davlatlar bilan ittifoq tuzmasak, Rossiya va Xitoy kabi yaxshi qoʻshnilar yaqindagi hammani yutib yuboradi.

Javob berish

Bir xil standartlardan foydalangan holda NATOga oʻxshash toʻlaqonli harbiy va iqtisodiy ittifoq boʻlgan Turkiy davlatlar ittifoqini yaratish ustida ishlashimiz kerak. Dahshatli qoʻshnilarimiz (Xitoy va Rossiya) borligini unutmasligimiz kerak.

Javob berish

Jadallik bilan choʻkib borayotgan rus harbiy kemasi bilan birga gʻarq boʻlish emas, omadlilar tarafga intilish kerak.

Javob berish

Imperialistik Rossiya, ehtimol, turli mamlakatlarga boʻlinib ketadi, bu ularning yanada koʻproq hududlarni qoʻlga kiritish va imperiyani qurish istagiga barham beradi. Hech kim Rossiya bilan hisoblashmasligi kerak; Biz Yevropa, AQSH va boshqa kuchli, iqtisodiy barqaror hamkorlar bilan koalitsiya va hamkorlik barpo qilishimiz zarur, bu kabi ittifoqchilar bizni sharmanda qiladi.

Javob berish

Biz Gʻarb, AQSH va Turkiya bilan koʻproq hamkorlik qilishimiz kerak. Rossiya ortiq oʻyinchi emas.

Javob berish

U oʻyinchi emas, lekin obroʻimizga putur yetkazishi mumkin.

Javob berish