http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/11/03/newsbrief-01

Toshkent militsiyasi yuzni tanib oluvchi kompyuter planshetlarini sinovdan o‘tkazadi

Caravanserai

TOSHKENT -- Toshkentda militsiya organlari voqea joyida shubhali shaxslarni tanib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompyuter planshetlarini sinovdan o‘tkazmoqda, bu to‘g‘risida payshanba kuni (2 noyabr) Sputnik Uzbekistan xabar berdi.

Sinov dasturi negizida Toshkentdagi o‘nlab militsiya xodimlari yuzni tanib olishga moslashtirilgan va barmoq izini aniqlash dasturiga ega bo‘lgan planshetlarni oldilar.

Mashinalar "bir necha daqiqa ichida shaxsni [identifikatsiya qilishga] imkon beradi", dedi militsiya leytenanti Aziz Sultonov.

Sinov dasturining Toshkentdagi qatnashchilari qaysi planshetlarning o‘z ehtiyojlari uchun eng yaxshi darajada mos kelishini aniqlamoqdalar, dedi Toshkent militsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Doniyor Toshhojayev.

Planshetlar uchun dasturlarni O‘zbekiston kompaniyalari yaratadilar, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha