Karvonsaroy

Qozog‘iston 14 ta bolalar huquqlariga oid loyihalarni amalga oshiradi

Karvonsaroy

OSTONA -- Diniy masalalar va fuqarolik jamiyati bo‘yicha vaziri Nurlan Yermekbayevning so‘zlariga qaraganda Qozog‘iston 163 million qozoq tangasiga (490 000 AQSH dollari) teng bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi 14 ta loyihani amalga oshirmoqda, deya dushanba kuni (20-noyabr) xabar berdi Kazinform.

Yermekbayev ushbu fikrlari bilan Ostonada dushanba-seshanba (21-noyabr) kunlari Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan xalqaro anjuman vaqtida o‘rtoqlashdi. Anjuman qatnashchilari qatoridan huquqshunoslar, xorijiy va mahalliy hukumatlar a’zolari, xalqaro tahlilchilar, yoshlar tashkilotlari vakillari va NDTlari a’zolari o‘rin egalladi.

“Bu hali kata ishlarning debochasi xolos”, dedi Yermekbayev. “Fikrimcha, yurtimizda faoliyat yuritayotgan 13 ming NDTlarning aqalli 10% ning e’tibori bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilsa, mamlakatimizdagi barcha bolalar va o‘smirlar lozim bo‘lgan darajada g‘amxo‘rlik ko‘radilar".

Loyihalar “111” raqami ostida 24 soat ishlaydigan bolalarga yordam berish aloqa liniyalari hamda maslahat va ta’lim markazini ichiga oladi, deya yig‘ilganlarga xabar berdi Yermekbayev.

Yettita NDT voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun muqobil dasturlarni taklif etuvchi ijtimoiy xizmatlarning mini-tarmog‘iga asos soldilar, deb qo‘shib qo‘ydi u.

Loyihalar 65 mingdan ortiq bola va o‘smirlarga yordam beradi, dedi vazir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500