Karvonsaroy

Tojikiston mustaqillikning 30 yilligini nishonlashga hozirlik ko‘rmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon seshanba, 19-dekabr kuni Tojikistonning Sovet Ittifoqidan mustaqil bo‘lganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlari uchun qo‘mita tashkil etishga buyruq berdi, deyiladi news.tj nashrining chorshanba, 20-dekabr kungi xabarida.

Mazkur yubiley 2021-yilda nishonlanadi.

Qo‘mita ikki oy ichida tashkil etiladi, deyiladi Rahmonning rasmiy veb-sahifasida chop etilgan buyruqda.

Tojikiston 1991-yil 9-sentabr kuni o‘zini Sovet Ittifoqidan mustaqil deb e’lon qilgandi.

Shundan beri ushbu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi. Asosiy bayram tadbirlari mamlakat poytaxtida o‘tkaziladi. Umummilliy tantanalar chog‘ida bayroqlar ko‘tarilib, konsertlar, mushakbozliklar bo‘lib o‘tadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500