http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/01/25/newsbrief-01
Facebook Rossiyaning 2020-yilda AQSHda boʻladigan saylovlarga aralashuv boʻyicha yangi urinishlariga toʻsiq qoʻydi

Markaziy Osiyo yetakchilari mart oyida Ostonada uchrashmoqchi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Markaziy Osiyodagi besh mamlakat prezidentlari mart oyida, Navro‘z bayrami kunlari o‘tkaziladigan Ostona sammitiga yig‘ilmoqchi, deb xabar berdi payshanba, 25-yanvar kuni Tojikiston hukumatidagi manba AsiaPlus.tj nashriga.

Sammit Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini kuchaytirish va “mintaqadagi barcha davlatlarning uzoq muddatli manfaatlariga” mos keluvchi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi, dedi manba.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdrahmanov o‘tgan yilning oktyabr oyida Ostonada Markaziy Osiyo sammitini o‘tkazishni taklif qilgandi.

Bu yil Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalasida burilish nuqtasi bo‘ladi, deydi tahlichilar.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik, asosan ikki tomonlama va uch tomonlama formatda rivojlantiriladi”, dedi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti direktori Erlan Karin.

Ayrim tahlilchilarning fikricha, sammitni o‘tkazish orqali Qozog‘iston mintaqaviy integratsiyaga rahbarlik qilish uchun raqobatlashayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq, kuzatuvchilar O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qolgan barcha 4 davlati va Afg‘oniston bilan chegaradosh ekanligi bois, Qozog‘iston oldida geografik ustunlikka ega ekanligini ta’kidlamoqdalar.

O‘tgan yili Samarqandda o‘tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy anjumanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyevning qo‘shnilar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirishga oid sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha