http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/02/21/newsbrief-02?language_switcher=true

Qirg‘izistonda ikkita kichik gidroelektr stansiya barpo etiladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonlik quruvchilar Issiqko‘l viloyatining Ton tumanida 2 ta kichik hajmli gidroelektr stansiyani barpo etishga kirishdi, deb xabar berdi AKIpress.com chorshanba, 21-fevral kuni.

“Ko‘k-soy” va “Konur-Olon” stansiyalarini 5-mart kuni ishga tushirish rejalashtirilgan, dedi inshootlar boshqaruvchisi Rohatbek Irsaliyev.

Loyihaning umumiy qiymati 730 million qirg‘iz so‘miga (10 mln. AQSH dollari) teng. Stansiyalar yiliga 45 mln. kVt elektr energiya ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Bu orada, mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askarbek Shadiyev sanoat, energetika va foydali qazilmalar davlat qo‘mitasining majlisi chog‘ida Qirg‘izistonda yaqin 5 yil ichida energiya iste’moli oshishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi 24.kg nashri chorshanba kuni.

Shadiyevning so‘zlariga ko‘ra, energetika sohasi uchun “1 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan bo‘lsa-da, 2020–2023-yillarga borib, mamlakatdagi enegiya taqchilligi 500 MVtni tashkil qilishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha