Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-03

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni boshladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanba, 2-apreldan Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi, deb xabar beradi AsiaPlus.tj tojik hukumatidagi manbaga asoslanib.

Bu 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti bo‘lganidan beri ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishiga oid navbatdagi yangilik bo‘ldi. O‘zbekiston 2009-yilda Markaziy Osiyo yagona energotizimidan chiqib, Tojikiston bilan energetika sohasidagi hamkorlikni to‘xtatgan edi.

Endilikda Tojikistonning “Regar” podstansiyasidan O‘zbekistonning “Gulcha” podstansiyasiga elektr uzatish liniyasi orqali yiliga 1,5 mlrd. kVt/soatdan kam bo‘lmagan hajmda elektr energiyasi yetkazib berilishi kutilmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, yoz mavsumida O‘zbekiston bir kVt elektr uchun 2 AQSH senti to‘laydi. Qishda bu narx bir kVt uchun 2,5 sentga ko‘tariladi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Tojikiston 1 may - 30 sentyabr oralig‘ida 5 mlrd. kVt/soatgacha elektr energiyasi eksport qila oladi.

O‘tgan yili mamlakat 1,3 mlrd. kVt/soat elektr energiya eksport qilib, 50 mln. dollar ishlab olgandi. Shuningdek, o‘tgan yili yozda Tojikistondan Qirg‘izistonga 600 mln. kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha