Karvonsaroy

“Save the Children” Tojikistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishga oid loyihani amalga oshiradi

Karvonsaroy

DUSHANBE – “Save the Children” nodavlat tashkiloti mart oyida Tojikistonning chekka hududlarida onalar va bolalar salomatligini yaxshilashga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirishga kirishdi, deyiladi tashkilotning 13-mart, seshanba kuni e’lon qilingan xabarnomasida.

Loyiha birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan va besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi.

Loyiha doirasida “Save the Children” tashkiloti Varzob va Vahdat tumanlarida joylashgan tibbiy markazlarni jihozlab beradi, deyiladi press-relizda.

Shu bilan birga, nodavlat tashkilot tibbiy xodimlar, qishloq faollari, ayollar guruhlari va mahalliy rahbarlar uchun joylarda sog‘liqni saqlashga oid muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha treninglar tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Loyihani 2019-yilning 31-dekabriga qadar amalga oshirish belgilangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500