http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/04/23/feature-01
| Terrorizm

Zaiflashgan “Islom davlati” bolalar ongini zaharlashga o‘tmoqda

Sulaymon

IDning 4-mart kuni chiqarilgan videolavhasida bolalarga quroldan foydalanish o‘rgatilmoqda. [File]

KOBUL – “Islom davlati” (ID) Afg‘onistonda ayanchli holatga tushgan, uning jirkanch va islomga zid ishlarda yosh bolalardan foydalanayotgani shundan dalolat bermoqda, deydi afg‘on rasmiylari va bola huquqlari faollari.

Bolalar huquqi himoyachilari va inson huquqlari tashkilotlari IDni yosh bolalarni majburiy yollash, ularni quroldan foydalanishga o‘rgatish va jallod sifatida qo‘llashda ayblaganlar.

Bunday hatti-harakatlarning Islom tamoyillari, urush qoidalari va xalqaro inson huquqlari qonunlariga zid ekanligi 4-mart kuni IDning Xuroson bo‘limi tomonidan e’lon qilingan 25 daqiqali videolavhada o‘z isbotini topgan.

IDning 4-mart kungi videolavhasidan olingan kadr. Guruh safiga majburan jalb etilgan va buzg‘unchi g‘oyalar bilan tarbiyalangan yosh bolalar qo‘llarida qurol tutgan holda ID bayrog‘ini hilpiratmoqdalar. [File]

O‘tgan yili ID tomonidan chiqarilgan tashviqot videolavhasida to‘pponcha ushlagan bolalarning mahbuslarga qarata o‘q uzayotgan holatlari aks etgan. IDning Xuroson bo‘linmasi g‘ayriinsoniy tarzda yosh bolalarni guruhga yollashni davom ettirmoqda. [FILE]

2017-yilda yanvarda ID chiqargan videolavhada jangari yosh bolaga qurol berayotgani aks etgan. Lavha davomida bola “murtad”ga qarata o‘q uzib, uni o‘ldiradi. [File]

Mazkur video Pokiston bilan chegaradosh Nangarhor viloyatida suratga olingani taxmin qilinadi. Unda aksari majburan guruhga jalb qilingan va ongi zaharlangan bir necha o‘n nafar bola qo‘lida qurol ushlab, ID bayrog‘ini hilpiratib turgani ko‘rsatilgan.

Bolalarning boshqa bir guruhi qurolli tayyorgarlikda majburan qatnashayotgani va safga turish chog‘ida yuzlarini burishtirayotganini ko‘rish mumkin.

Inqiroz yoqasidagi ID

Afg‘onistonda muvaffaqiyatsizlikka uchragan ID shafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oshirishda yosh bolalardan foydalanishga o‘tdi, deydi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari, general Muhammad Radmanesh.

ID Afg‘onistonda mag‘lub etildi va butkul yo‘q bo‘lib ketish arafasida”, dedi u Salaam Times nashriga. “Shu sababli ham, u Afg‘onistonda hali ham mavjud ekanligini ko‘rsatish maqsadida begunoh afg‘on fuqarolarini ushlab o‘ldirmoqda.”

“ID Afg‘onistonning katta qismida aholiga nisbatan sodir etilgan g‘ayriinsoniy zulm va o‘tgan yil mobaynidagi davomli mag‘lubiyatlar tufayli o‘z mavqeini va nazoratini to‘liq yo‘qotdi”, dedi u.

“Hozir ular ayanchli holatda. Shu sababli ular yosh bolalardan foydalanishni boshladilar”, dedi Radmanesh.

“ID yosh bolalarni askar sifatida yollashi, ularni jallod qilib tarbiyalab, ID asirlarini qatl etishda foydalanishi islom tamoyillariga, urush qoidalariga va Afg‘oniston, inson huquqlari qadriyatlari hamda xalqaro inson huquqlari qonunlariga ziddir”, dedi Afg‘oniston mustaqil inson huquqlari komissiyasi (AIHRC) vakili Bilol Siddiqiy.

AIHRC “bolalarning terrorchilik guruhlari tomonidan yollanishi va keyinchalik ularning terrorchilik faoiliyatiga jalb etilishini qat’iyan qoralaydi”, dedi u Salaam Times nashriga.

Afg‘onistonning eng begunoh insonlari himoyasi

“Afg‘onistondagi bolalar himoyaga muhtoj”, dedi Afg‘oniston bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoya markazi a’zosi Fayz Farahmand. “Ularning huquqlari ko‘p marotaba poymol qilindi va ular terrorchilik guruhlari qo‘lidan eng ko‘p zulm ko‘rdilar.”

“ID yoki boshqa guruhlar tomonidan bolalarni yollash, terrorchilik hujumlarini amalga oshirishga tayyorlash – bola huquqlariga oid xalqaro qonunlar va konvensiyalarning qo‘pol ravishda buzilishi”, dedi u Salaam Times nashriga.

“Mamlakat konstitutsiyasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bola huquqlariga oid konvensiyasiga asosan, bolalar ijtimoiy himoya, ta’lim va havfsiz muhit kabi bir qator huquq va imtiyozlarga ega”, dedi u. “Afsuski, terrorchilik guruhlari bolalarni yollash bilan ularning huquqlarini qo‘pol ravishda buzmoqdalar.”

Farahmand Afg‘oniston hukumatini bolalarning ushbu huquqlarni ta’minlashga chaqirdi.

"Afg‘oniston hukumati terrorchilik guruhlari tomonidan bola huquqlari buzilishining oldini olishi, shuningdek, ushbu guruhlar tomonidan bolalarning yollanishiga ham barham berishi kerak", dedi u.

Terrorchilik guruhlarining bolalarni o‘z safiga jalb qilishi va yollashi bola huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishidir. Biz bu harakatlarni qat‘iyan qoralaymiz”, deb bayonot berdi Save the Children tashkilotining Afg‘onistondagi bo‘limi matbuot kotibi Maryam Atoiy.

“Bolalar urushda qatnashayotgan guruhlarning begunoh qurbonlaridir”, dedi u “Salaam Times” nashriga. “Bir bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarni urush va nizolar vaqtida bolalarni himoya qilishga va ulardan foydalanmaslikka chaqiramiz.”

Bolalarga nisbatan noinsoniy munosabatlar tarixi

O‘tgan yili ID 7-12 yoshdagi bolalarning boshqa ikki bolani qatl etgani suratga olingan mudhish videolavhani yoyinlagan edi.

10-minutlik video davomida harbiy kiyim kiygan boshqa bir bola oldida tiz cho‘kib turgan erkakning yuziga to‘pponcha o‘qtalib turgani tasvirlangan.

Afg‘on rasmiylari va tahlilchilariga ko‘ra, “xalifalik bolalari”ni yollash, ongini zaharlash va jangarilikka tayyorlash turlicha kuch ishlatish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.

“ID jangarilari o‘zlarining nazorati ostida bo‘lgan ushbu tumanlarda bolalarni yollaydilar yoki o‘g‘irlab, tayyorgarlikdan o‘tkazadilar”, degan edi 2017-yil iyun oyida Kunar va Hirot viloyatlarining sobiq hokimi Fazlulla Vohidiy “Salaam Times” nashriga. “Bundan tashqari, ular afg‘onistonliklarning savodsizligi va nochorligidan foydalanib, ularning farzandlarini guruh safiga yollash va ongini zaharlash bilan shug‘ullanadilar”.

Bu ID tarafidan Iroq va Suriyada qo‘llaniladigan taktikadir.

2017-yilning 8-yanvar kuni chiqarilgan videolavhada Dayr Az-Zor qishlog‘ida uch nafar bola (ulardan biri 4 yoshdan oshmagan) uch mahbusni qatl etgani tasvirlangan.

ID Iroqning Mosul shahrida ruhiy xasta odamlar, nogironlar va yosh bolalarni “ovlab”, zaifligidan foydalangan holda ulardan tirik qalqon yoki xudkush terrorchi sifatida foydalanishni ko‘zlaydi.

Sizga maqola yoqdimi?
8
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha
| 2019-04-17

BU XALQARO KONVЕNSIYALAR,FALASTIN VA BOSHQA DAVLATLARDAGI BOMBALAR OSTIDA QOLAYOTGAN BOLALARGA HAM TЕGISHLIMI?

Javob berish