2017-11-30 | Jamiyat

"Islom davlati" jinoyatlari muzeyini ochishga chaqiriqlar ortib bormoqda

Bag‘doddan Alaa Husain

Memorial muzey guruhning Yaqin Sharqdagi hukmronligi ostida o‘tgan qorong‘u davrlarni yodda tutish va kelajak advlodlar uchun jinoyatlarning isboti sifatida xizmat qilinishini ta’minlaydi.

Iroqlik askar 2016-yil 7-noyabrda Hamam al-Alil hududida topilgan ommaviy mozorni tekshirmoqda, bu joylar Mosulni “Islom davlati”dan qaytarib olish amaliyoti natijasida qayta qo‘lga kiritilgan. [AHMAD AL-RUBAYE / AFP]

Yaqin Sharqdagi rasmiylar va ziyolilar “Islom davlati” hududda uch yillik hukmronligi davomida sodir etgan jinoyatlarni aks ettiradigan muzey ochilishiga chaqiriq bilan chiqmoqdalar.

Ularning ta’kidlashicha, ushbu muzey guruh tomonidan jamiyatning barcha sohalarida sodir etilgan vahshiylik va jinoyatlarning tasdig‘i sifatida xizmat qiladi.

“Iroqda bunday muzey ochilishi muhim, guruh shu yerda vujudga keldi, keyinchalik yengildi va yakson qilindi”, deydi tadqiqotchi arxeolog va inson huquqlari faoli Amir Abdul Razzoq.

“Buning yordamida butun dunyo guruhning mamlakatdagi bir necha shaharlarni bosib olganidan keyingi vahshiyligi va qonxo‘rligiga guvoh bo‘lishi mumkin”, deydi u.

Zulmat davrini xotirlab

Muzeylar butun dunyo bo‘ylab muhim madaniy vosita hisoblanadi”, deydi u, “ular o‘tmishdan parchalarni namoyish qiladigan tarixiy ma'lumotlar omborxonasi, ularsiz vaqt o‘tishi bilan tarix yoddan chiqishi mumkin”.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan buyumlar qatorida “Islom davlati” sodir etgan jinoyatlar tasvirlangan suratlar, jumladan qiynoq qurollari va qatl qilichlari, mashina bombalari va portlovchi qurilmalar bo‘lishi kerak, deydi u.

Suratlar ichida tarixiy joylarning vayronalari ham bo‘lishi kerak, “bu vayronalar hayotning bir qismi, tirik muzey bo‘lishi mumkin” deb qo'shimcha qiladi u.

“Biz hujjatlashtirish madaniyatini rag‘batlantirishimiz va shu joylardagi zulmat davriga mansub barcha tarixiy hujjatlarni yo‘q qilmasligimiz kerak,” deydi Abdul Razzoq.

“Dalillarni saqlash biz uchun bu guruhlarni sharaflash degani emas, balki buning aksi, bu kelajak avlod uchun jonli isbot va butun dunyo bu jinoyatlarni eslab qolishi uchun sabab sifatida xizmat qiladi”, dedi u.

Abdul Razzoq muzeydan tushgan barcha mablag‘ terrorchilik guruhidan aziyat chekkanlarga berilishini taklif qildi.

Iroqlik deputat va parlamentning madaniyat qo'mitasi a‘zosi Uhud al-Fadhiyning ta’kidlashicha, “Islom davlati” jinoyatlarining xotira muzeyini tashkil etish masalasi avval ham parlamentda muhokama qilingandi.

Al-Fadhiy bu g‘oyaing ashaddiy tarafdori bo‘lib, uni boshlash uchun kerakli ruxsatnomalarni olishga harakat qilmoqda, uning aytishicha, taklif moliyaviy yordam va hujjatlashtirish bo‘yicha mutaxassislarga muhtoj.

“Islom davlati” mafkurasiga qarshi turish

Al-Fadhiyning ta’kidlashicha, guruh sodir etgan jinoyatlarni xotirlash faqatgina muzey qurish bilangina cheklanmasligi kerak.

Shu bilan birga maktab o‘quv dasturlariga ham o‘zgartirish kiritilishi zarur, dedi u. Hozirda parlament bunday zararli mafkuralarni jinoyatlar qatoriga qo‘shish va ularni rad etuvchi ijtimoiy tushuncha paydo bo‘lishi yo‘lida qonun ishlab chiqmoqda, deb qo‘shimcha qildi.

“Bu faqat ta’lim va maktab tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin”, deydi u.

“Islom davlati” jinoyatlari doim yodda bo'lishi kerak va shunday mafkuraga qarshi chiquvchi mafkurani paydo qiluvchi qarshi madaniyat rivojlanishi kerak," deydi u

Iroq madaniyat vazirligi “Islom davlati” jinoyatlari aks etgan bir necha ko‘rgazmalarni tashkillashtirdi, deb xabar berdi vazirlik vakili Omran al-Ubaydiy Diyaruna nashriga.

Shuningdek, Iroqning Mosul shahrida guruhning jinoyatlarini aks ettiruvchi katta ko‘rgazmalarni tashkillashtirish jarayoni ketmoqda. Bu shahar guruhning da’vo qilingan davlat poytaxti bo‘lgan, deydi u.

Bu borada Iroq sezilarli yordamni oldi, deydi u, ayniqsa, uni “Islom davlati” mafkurasini jinoyatlar qatoriga qo‘shish haqidagi BMTning bir nechta qarori tarafdori bo‘lgan UNESCO qo‘llab-quvvatladi.

U, Fransiya BAA va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda Yaqin Sharqdagi arxeologik obyektlarni tiklash uchun xalqaro meros fondini tashkil etish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qabul qilganligini ta’kidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha
Asosiy maqola
2017-11-24 | Xavfsizlik

Suriya va Iroqdan qaytayotgan Qozog‘istonliklarni qiyinchiliklar kutmoqda

“Islom Davlati” mag‘lubiyat arafasida turgan bir paytda, guruhga a’zo bo‘lgan Qozog‘istonliklar o‘z uylariga qaytadigan ko‘rinadi, ularni vatanlarida aksil-terror choralar kutmoqda.

So‘rovnoma

Yaqin Sharq va undan tashqaridagi islomiy isyonlarning Markaziy Osiyoda qo‘llab-quvvatlanishi sustlashmoqda.

Natijalarni ko‘rish