Karvonsaroy
Terrorizm

Qozog‘iston Suriyadagi o‘nlab fuqarolarini qutqargani uchun maqtovga sazovor bo‘ldi

Aydar Ashimov

Hukumat tomonidan 47 nafar qozog‘istonlikning Suriyadagi “Islom davlati”dan (ID) qutqarilishi qozog‘istonliklar tarafidan “jasoratli” va “ulkan” tadbir deya baholandi.

OSTONA – Hukumat tomonidan 47 nafar qozog‘istonlikning Suriyadagi “Islom davlati”dan (ID) qutqarilishi qozog‘istonliklar tarafidan “jasoratli” va “ulkan” tadbir deya baholandi.

5-6-yanvar kunlari Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish idoralari tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Jusan” (“Achchiq shuvoq”) deb nomlangan maxsus operatsiyani oʻtkazdilar.

Keyinroq Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) bir qator davlat ommaviy axborot vositalariga “tarix uchun hujjatlashtirilgan” operatsiya vaqtida suratga olingan videolavhani taqdim etdi.

Yetti minutli videolavhada Qozog‘istonning harbiy samolyoti Aqtovdan havoga koʻtarilib, Suriyaga qo‘ngani, keyin esa qozog‘istonlik fuqarolar, jumladan, bir nechta erkak ko‘zlari va qo‘llari bog‘langan holda samolyotga olib chiqib ketilayotgani tasvirlangan.

KNB tomonidan e’lon qilingan videoda 5-6-yanvar kuni Suriyada fuqarolarni oʻz vataniga qaytarish operatsiyasi doirasida ko‘zlari va qo‘llari bog‘langan holda samolyotga olib ketilayotgan qozog‘istonlik erkaklar ko‘rsatilgan. (Qozog‘iston KNB)

KNB tomonidan e’lon qilingan videoda 5-6-yanvar kuni Suriyada fuqarolarni oʻz vataniga qaytarish operatsiyasi doirasida ko‘zlari va qo‘llari bog‘langan holda samolyotga olib ketilayotgan qozog‘istonlik erkaklar ko‘rsatilgan. (Qozog‘iston KNB)

7 daqiqali videolavhadan olingan kadrda Aqtovdan havoga koʻtarilib, Suriyada qo‘ngan Qozog‘iston harbiy samolyoti aks etgan. Repatriatsiya operatsiyasi 5-6-yanvar kuni amalga oshirildi. (Qozog‘iston KNB)

7 daqiqali videolavhadan olingan kadrda Aqtovdan havoga koʻtarilib, Suriyada qo‘ngan Qozog‘iston harbiy samolyoti aks etgan. Repatriatsiya operatsiyasi 5-6-yanvar kuni amalga oshirildi. (Qozog‘iston KNB)

Suriyadan olib kelingan qozog‘istonlik bolalarga o‘yinchoqlar va yemak ulashilmoqda. (Qozog‘iston KNB)

Suriyadan olib kelingan qozog‘istonlik bolalarga o‘yinchoqlar va yemak ulashilmoqda. (Qozog‘iston KNB)

Suratda: 5-6-yanvar kuni oʻtkazilgan operatsiya davomida qutqarilgan bolalar, videolavha Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) tomonidan e’lon qilingan.

Suratda: 5-6-yanvar kuni oʻtkazilgan operatsiya davomida qutqarilgan bolalar, videolavha Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) tomonidan e’lon qilingan.

Suratda Qozog‘istonda terrorchilik harakatini rejalashtirgan va 10-yanvar kuni Olmaotada hibsga olingan 6 nafar Markaziy Osiyo fuqarosi aks ettirilgan. (Qozog‘iston KNB)

Suratda Qozog‘istonda terrorchilik harakatini rejalashtirgan va 10-yanvar kuni Olmaotada hibsga olingan 6 nafar Markaziy Osiyo fuqarosi aks ettirilgan. (Qozog‘iston KNB)

Videolavhada evakuatsiya qilinganlar bilan oʻtkazilgan intervyular ham oʻrin olgan.

“Maxsus operatsiya natijasida 47 kishi, jumladan, 11 ayol va aksariyati 1-5 yoshlarda bo‘lgan 30 nafar yosh bola vataniga qaytarildi”, deyiladi video taglavhasida. Videoda bolalarga o‘yinchoqlar va yemaklar ulashilayotgani ham koʻrsatilgan.

“Ushbu begunoh odamlar qutqarilganliklaridan behad mamnun boʻldilar. Koʻrilajak choralar bilan esa bu kabi hodisalarning oldini olish mumkin”, dedi prezident Nursulton Nazarboyev 9-yanvar kuni prezident rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

“Ular inqirozga botgan davlatga aldov yoʻli bilan olib ketilgan va u yerda ID nomi bilan tanilgan xalqaro terrorchilik tashkilotining terrorchilari tomonidan garovda ushlab turilganlar”, dedi u.

“O‘z xohish-istaklariga qarshi urush hududlarida ushlab turilgan yosh bolalarni qaytarish choralari davom ettiriladi”, dedi Nazarboyev.

Hukumat Suriyadan olib kelingan ayollar va bolalarga “barcha zaruriy yordamni” taqdim etadi, degan u.

Suriyada tuzoqda qolganlar

KNB bo‘lim boshlig‘i Baxitbek Rahimberdiyev 10-yanvar kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qutqarilgan bolalar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“Suriyadan Qozog‘istonga qaytgan bolalarning deyarli hammasining otasi o‘lgan”, degan u Tengri News nashriga ko‘ra. “Bolalar onalari bilan qaytishgan. Onasi hali ham o‘sha yerda qolgan bitta bola bor... Qaytgan bolalarning bir nechtasi Suriyada tug‘ilgan.”

Ayollar va bolalar reabilitatsiya jarayonidan o‘tadi, shuningdek, prokurorlar tomonidan erkaklarga qarshi ayblovlar ilgari suriladi, dedi u. Urush hududlaridan qaytgan qozog‘istonliklarning 40 foizi jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Qaytayotgan fuqarolar Qozog‘istonning turli viloyatlarida yashagan va Suriyaga 2012 va 2015-yillar oralig‘ida jo‘nab ketishgan, dedi Rahimberdiyev.

“U yerga yetib borganlaridan keyin, qaytishning deyarli iloji bo‘lmagan. ID tomonidan bunga qarshi eng oliy jazo – o‘lim jazosi qo‘llanilgan”, dedi u.

“Qochishga harakat qilganliklari sababli ba’zi fuqarolarimiz qatl qilinganligi haqida dalillar bor”, dedi Rahimberdiyev Suriyada halok bo‘lgan IDning qozog‘istonlik yollanma jangchisini nazarda tutib.

Qozog‘istondagi ijobiy munosabat

Operatsiya qozogʻistonlik fuqarolar va rasmiylar tomonidan yuqori baholandi.

“Men harbiy uchuvchilarimizning jasoratiga qoyil qoldim” deb yozdi Qozogʻiston desantchi qoʻshinlari matbuot kotibi Aleksandra Utepova 11-yanvar kuni oʻzining Facebook sahifasida. “Harbiy va jangovar paradlarda mahoratni namoyish etish va chinakam urush zonalariga uchish oʻrtasida katta farq bor.”

“Qozogʻiston harbiy havo kuchlari ishtirokida oʻtkazilgan “Jusan” operatsiyasi mamlakat uchun ulkan ahamiyatga ega – Suriyadagi urush hududlarida boʻlgan 50 qozogʻistonlik oʻz vataniga qaytarildi”, dedi u.

“Qozogʻiston oʻz fuqarolarini esdan chiqarmaydi, ularga yordam qoʻlini choʻzadi va tinch osmoni ostiga oladi”, deb yozgan Utepova.

“Bu bolalarning koʻzlariga bir boqing, ular tinch hayot nima ekanligini bilmaydilar ham. Butun bolalik davomida qoʻrquv ichida yashaganlari koʻrinib turibdi”, deydi u.

“Men yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Xavf katta boʻlishiga qaramay ular bu ishni uddasidan chiqishdi va hamyurtlarimizni uylariga qaytarishdi.”

“Bu video menda chuqur taassurot qoldirdi”, deydi ostonalik 32 yashar Akmaral Duysenova.

“Bu oʻzimizning qozoqlar, lekin ular soddalik yoki jinoyat sodir etishga moyillik sababli urush boʻlayotgan joylarga borganlar va terror yoʻlini tanlaganlar”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda. “Mamlakatimiz oʻz fuqarolari haqida qaygʻuradi, shunday boʻlsa-da, aybdorlar jazolanishi kerak, muhtojlarga esa yordam berilishi lozim.”

“Ayollar va bolalar tinch, normal hayotga imkon qadar tezroq qaytishlari lozim”, dedi Duysenova. “Umid qilamanki, ular buni uddalaydilar”.

Terrorqa qarshi kurash choralari davom etmoqda

Mazkur qutqaruv tadbiri Qozogʻistonning radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash choralari doirasida oʻtkazildi.

Jumladan, 10-yanvar kuni Olmaotada KNB tomonidan oʻtkazilgan operatsiya vaqtida Markaziy Osiyolik bir guruh fuqarolar qoʻlga olingan boʻlib, ular Qozogʻiston terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalaganlikda gumon qilinmoqda.

“Tintuv chogʻida ularning vaqtinchalik yashash joylaridan portlovchi moslamalar yasashda ishlatiladigan ashyolar, shuningdek, oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar musodara qilingan“, deyiladi KNBning 14-yanvar kungi bayonotida.

“Tergov maʼlumotlariga koʻra, qoʻlga olingan shaxslar xorijdagi ID jangarilarining koʻrsatmalari boʻyicha harakat qilganlar”, deyiladi bayonotda. “Ular Olmaotada odamlar bilan gavjum jamoat joylarida portlovchi moddalarni qoʻllagan holda qurolli hujum uyushtirish niyatida boʻlganlar“.

“Tugamaydigan jang”

Bu orada, kamida 360 qozoq hamon Suriyada qolmoqda, dedi tarazlik siyosatshunos, “Beybit aspan” (“Tinch osmon”) nohukumat tashkiloti rahbari Ruslan Seksenbayev.

“U yerda jang qilayotganlarning aksariyati halok boʻlishi aniq”, dedi u baʻzilarni javobgarlikka tortish uchun Qozogʻistonga qaytarishga muvaffaq boʻlinganini qoʻshimcha qilar ekan.

“Hukumat insoniylik nuqtai nazaridan ayollar va bolalarni oʻz uyiga qaytarish va ularga bu yerda yordam koʻrsatish uchun bor kuchini ishga solishi lozim”, dedi u.

Seksenbayevga koʻra, “radikallashuvga qarshi kurash choralarini biq daqiqaga ham toʻxtatib boʻlmaydi, sababi mudrab yotgan terrorchilik guruhlari istalgan vaqtda faollashishi mumkin.”

“Yollash asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi”, dedi u. “Sodda odamlarga adolat va goʻzal hayot haqida soʻzlab beradilar, aslida esa ular Suriyada qul qilinib, oʻz hayotlarini urushda qurbon qilishga majburlanadilar.”

“Biz yollash va tashviqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan profillar va sahifalarni aniqlash hamda ularni bloklash choralarini koʻrmoqdamiz, shunga qaramay, bloklanganlari oʻrnida yangilari paydo boʻlmoqda”, dedi u.

“Bu hech qachon tugamaydigan, lekin davom ettirish kerak boʻlgan kurashdir”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AYOLLAR QONUNGA QARSHI TASHVIQOT OLIB BORMASLIKLARI UCHUN NAZORAT OSTIDA BO‘LISHLARI KERAK, BOLALARGA ESA PSIXOLOG KERAK.

Javob berish