Karvonsaroy

Tadqiqot: Suriyadagi Rossiya havo zarbalarining 14 foizigina 'Islom Davlati'ga qarshi qaratilgan

AFP

2015-yilda Rossiya Suriya rejimiga o‘z nazorati ostidagi hududni uch karra kengaytirishga yordam berish maqsadida nizoga aralashganidan beri Suriyadagi muxolif kuchlarga qarshi havo hujumlari 150 foizga oshgan, deyiladi seshanba (15-may) kuni e’lon qilingan hisobotda.

Terrorizm va isyonlarni tadqiq qilish bo‘yicha IHS Jane (JTIC) markazi ham Rossiya havo hujumlarining 14 foizigina “Islom Davlati”ga (ID) qarshi qaratilganini aniqlagan, deb xabar beradi AFP.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya rejimi o‘z nazorati ostidagi hududlarni 2015-yil sentabrdan 2018-yil martgacha bo‘lgan davr ichida 16 % dan 47 % gacha oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

“Rossiyaning aralashuvi Suriya hukumatiga o‘z e’tiborini eng muhim strategik sohalarga qaratish va muxolifat tarafidan egallangan hududlarni qaytarib olish uchun katta kuchlarni jalb etishga vaqt va imkoniyat berdi”, deydi JTIC rahbari Metyu Xenman.

2015-yil sentabrdan 2018-yilning martigacha Rossiya va Suriya tarafidan amalga oshirigan havo hujumlari 2735 dan 6833 taga ko‘paygan, deyiladi hisobotda. Ushbu hujumlardan faqat 960 tasigina – taxminan 14 foizi – IDga, qolgan katta qismi esa muxolifatchi guruhlarga qarshi amalga oshirildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar “asosan, ID faol bo‘lmagan hududlarga qarata” berilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

ISHIDga qarshi yuborilgan zarbalarning 0 foizi Amerikaniki bo‘lsa kerak

Javob berish