Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-06-14

Qirg‘izistonda “soxta deputat” qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston politsiyasi Chuy qishlog‘ining 58 yashar fuqarosini qalloblikda gumon qilib qo‘lga oldi, deb xabar berdi 14-iyun payshanba kuni AKIpress ichki ishlar vazirligiga tayanib. Uning qayerda hisbga olinganiga aniqlik kiritilmagan.

Gumondor o‘zini parlament a’zosi yoki yuqori mansabdor shaxs deb tanishtirishda ayblanmoqda. U pul evaziga qirg‘iziston fuqarolarining muammolarini “hal qilishga” va’da bergan.

O‘z qurbonlarini aldash maqsadida u telefonda o‘zini “yuqori lavozimli rasmiylar” bilan gaplashayotgandek qilib ko‘rsatgan, deyiladi huquq tartibot organlari xabarida.

2014-yilning kuz oylarida yuz bergan holatda u o‘zini “Osh shahar hokimiyatidanman” deb tanishtirib, o‘shlik ayoldan 4500 AQSH dollari (307 680 qirg‘iz so‘mi) va 6900 qirg‘iz somi (101 AQSH dollari) miqdorida pul olgan.

Ayni paytda gumondor tarafidan sodir etilgan boshqa qonunbuzarliklar aniqlanmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha