BISHKEK – Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) Turkiyadan Suriyaga jangarilarni olib o‘tishda gumonlangan 41 yashar qirg‘iz fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar berdi 24.kg nashri dushanba (4-fevral) kuni.
Gumondor avval ham o‘qotar qurol va aslahalarni noqonuniy saqlash, sotib olish va sotishda ayblangan, deb xabar beradi GKNB matbuot xizmati. U soxta pasport yordamida 2014-yilda Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan, oʻsha yerda jangarilar safiga qo‘shilgan.
Shundan so‘ng xalqaro terrorchilik guruhining faol a’zosiga aylanib, Suriyada janglarda qatnashgan, deb xabar bergan GKNB.
“Keyinchalik u Turkiyaga yuborilgan va u yerda jangarilarni Suriyaga olib o‘tish bo‘yicha eng yirik kanal uchun masʼul bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
GKNB xabariga ko‘ra, gumondor jangarilikka yollash faoliyatini olib borganlikda ayblanmoqda.