Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-12

Qirg‘izistonda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida musodara qilingan pullar davlat g‘aznasiga qaytarilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Hozirda Qirg‘iziston hukumatining hisob raqamida korrupsiyaga oid ishlar bo‘yicha undirilgan 135 mln. so‘m (2 mln. AQSH dollari) mablag‘ bor, deb xabar berdi payshanba, 12-iyul kuni 24.kg nashri.

Moliya vazirligi 3-iyul kuni iqtisodiy jinoyat sodir etganlar va korrupsiyaga aloqador mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararlar qoplanishi uchun maxsus hisob raqami ochgan edi.

Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GNKB) chorshanba, 11-iyul kuni ushbu hisob raqamiga 95,9 mln. so‘m (1,4 mln. AQSH dollari) o‘tkazilgani haqida xabar berdi. Avvalroq, hisobga 39 mln. so‘m (570 ming AQSH dollari) kelib tushgani aytilgan edi.

“Bu mablag‘ prokurorlarning korrupsiyaga qarshi javob choralari ko‘rishini nazarda tutuvchi qonunlar qabul qilingani munosabati bilan to‘plangan”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. “Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.”

Xabar qilinishicha, hisob raqamidagi pullar davlat budjetiga qaytariladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha