Karvonsaroy

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Tojikistonning tabiiy ofatlarga tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlamoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) tabiiy ofatlarga moyil hududlarni nazorat qilish uchun Tojikistonga texnik uskunalarni hadya qildi, deyiladi WFP saytida.

18-iyul kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan marosimda ikkita dron, ikkita yorituvchi minora hamda zamonaviy xaritalash va o‘lchash dasturiy ta’minoti taqdim etildi.

Uskunalar Tojikiston hukumatiga “favqulodda vaziyatlarda qidiruv va qutqaruv ishlarini takomillashtirish uchun vaziyatga oid xaritalarni yaratishda” ko‘maklashadi, deb xabar beradi WFP.

“WFP hukumatning javob choralarini va xavfni kamaytirish qobiliyatini takomillashtirish orqali Tojikistonda favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirishga intilmoqda”, dedi WFP hududiy rahbari Paolo Mattei. “Bu WFPning Tojikiston hukumatiga sodiqligining muhim belgisi bo‘lib qoladi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500