OSTONA – Qozog‘istonda 32 fuqaro terrorizmda ayblanib umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Bu haqda payshanba, 2-avgust kuni Olmaotadagi amaliy tadqiqotlar markazi rahbariga tayanib, BNews.kz portali xabar berdi.
Qozog‘istonlik ulamo, “Mysl” (Fikr) amaliy tadqiqotlar markazi direktori Aksar Sabdin Ostonadagi masjidlar imomlari uchun o‘tkazilgan seminar nutq so‘zladi.
Umrbod qamoq jazosiqa hukm qilganlarning yarmi Oqto‘ba viloyatidan, dedi u.
Uning aytishicha, Qustanay viloyatidagi qamoqxona mahbuslarining 30 foizini terrorchilikda ayblanganlar tashkil qiladi.