Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-03

Qirgiziston-Qozog‘iston ishbilarmonlari kengashi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish niyatida

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashi 3-oktyabr kuni Bishkek shahrida o‘zining ilk yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar berdi Kazinform.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston savdo-sanoat palatasi va Qozog‘iston tashqi savdo palatasi o‘rtasida qirg‘iz-qozoq ishbilarmonlari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra, qozoq tomoni Qirg‘iziston bilan suv va energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, kommunikatsiyalar, tog‘-kon sanoati va sayyohlik sohalarida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

Qozog‘iston Qirg‘izistonga asosan un, don, o‘simlik mahsulotlari, qandolatchilik va un mahsulotlari, metall buyumlar, ko‘mir va maishiy texnika eksport qiladi. Qirg‘iziston esa Qozog‘istonga meva-sabzavot, to‘qimachilik mahsulotlari, ruda va chog‘lanma lampalar yetkazib beradi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan yili 750 mln. AQSH dollaridan oshdi. Qozog‘iston bu raqamni yiliga 1 mlrd. dollarga yetkazmoqchi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha